$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Bir talaba uchun yillik o‘qitish xarajati qancha?

ta

Davlat oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari va uning qoplanish holati tahlili e’lon qilindi.

Kontrakt miqdori yillik xarajatlarni to‘liq qoplamaydi

Unga ko‘ra, o‘rtacha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha stipendiyasiz o‘qitish xarajatlari 13 mln. 640 ming so‘mni tashkil qiladi. O‘rtacha to‘lov kontrakt qiymati esa 7 mln. 446 ming so‘m, ya’ni xarajatlarning 54 foizini qoplaydi.

Tahlilda ko‘rsatilishicha, hech bir sohada kontrakt miqdori yillik xarajatlarni to‘liq qoplamaydi. 

Eng ko‘p xarajat qaysi yo‘nalishlarda?

Masalan, san’at yo‘nalishida o‘qiydigan talaba uchun kontrakt yiliga 7 mln. 771 ming so‘m bo‘lsa, unga ketadigan xarajat miqdori 28 mln. 759 ming so‘mni (27%) tashkil qiladi.

Shuningdek, sport faoliyati yo‘nalishida amaldagi kontrakt miqdori talabaga yil davomida sarflanadigan xarajatning 36,1 foizini qoplaydi. 

Kamchiqim talabalar

Kontrakt summasi xarajatlarning katta qismini qoplaydigan yo‘nalishlar ro‘yxatida huquq (81,2%), jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar (81,2%), jahon siyosati (81,2%), iqtisod (75,6%) va axborot texnologiyalari (75,6%) yo‘nalishlari o‘rin olgan.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot