$
 12916.18
-13.74
 13523.24
26.99
 147.60
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
uzfood

O‘zbekistonda avtomobil importi rekord darajada kamaydi

Mashina importi

O‘zbekistonga avtomobil importi 2025-yilning yanvar oyida misli ko‘rilmagan darajada qisqardi. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan boshlab mamlakatga atigi 1 796 ta yengil avtomobil olib kirilgan. Bu 2024-yilning shu davri bilan solishtirganda 5,6 baravar kam degani. Import hajmining bunday keskin tushishi bir necha omillar bilan bog‘liq.

Importdagi tushkunlik

Avtomobil importining bunday darajada qisqarishi barcha turdagi mashinalarga taalluqli. Benzinli avtomobillar importi 2,5 marta kamaygan bo‘lsa, elektromobillar 6,7 barobar, gibrid avtomobillar esa rekord darajada – 31 barobar kamaygan. Natijada 2024-yilning yanvar oyida avtomobil importi uchun 222 million dollar sarflangan bo‘lsa, joriy yilning yanvarida bu raqam atigi 31 million dollarni tashkil etdi. Bu esa import qiymatining 7 martadan ortiq tushib ketganini anglatadi.

Bunga nima sabab bo‘ldi?

Mutaxassislar bu holatga bir necha omillar ta’sir qilganini ta’kidlamoqda. Eng muhim sabablardan biri – 2024-yilning 1-noyabridan boshlab joriy qilingan yangi tartib-qoidalar. Yangi qoidalarga ko‘ra, xorijdan olib kirilgan avtomobillar bojxona hududida emas, balki Toshkent viloyatining Piskent tumanida joylashgan maxsus poligonda texnik sinovdan o‘tkazilishi shart qilib belgilangan. Bundan tashqari, yakka tartibda yoki xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan mashinalar elektromagnit moslashuvchanlik bo‘yicha tekshiruvdan ham o‘tishi kerak. Ushbu texnik tekshiruvlar uzoq vaqt talab qilishi va poligonning quvvati real talabdan bir necha barobar pastligi sababli avtomobil importining keskin qisqarishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin.

Теги :
Jamiyat
Avto