$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Yanvar–sentyabr oylarida TSA 7,7 % ga oshib, 48,2 mlrd. AQSH dollariga yetdi

import

Respublikada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2024-yil yanvar–sentyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 48,2 mlrd. AQSH dollariga yetdi va 2023-yilning yanvar–sentyabr oylariga nisbatan 3,5 mlrd. AQSH dollariga yoki 7,7 % ga ko‘paydi.

TSAda eksport hajmi 19 773,8 mln. AQSH dollariga (2023- yilning yanvar–sentyabr oylariga nisbatan 11,5 % ga ko‘paydi) va import hajmi 28 432,4 mln. AQSH dollariga (5,2 % ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida – 8 658,6 mln. AQSH dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

Tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar

Ta’kidlash joizki, Qozog‘iston O‘zbekistonning eng yirik tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biriga aylandi (Xitoy va Rossiyadan keyin). Bunga sabab umumiy chegaraning mavjudligi, MDHning erkin savdo hududida savdo qilishi hamda so‘nggi paytlarda o‘zaro iqtisodiy aloqalarning keskin erkinlashtirilishi. Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 190 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelayotgani bo’lishi mumkin. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (18,7 %), Rossiyada (18,0 %), Qozogʻistonda (6,2 %), Turkiyada (4,5 %) va Koreya Respublikasida (3,1 %) qayd etilgan.

Hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi

Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 38,8 % ulush bilan 18 694,1 mln. AQSH dollarini, Toshkent viloyati 8,8 % ulush bilan 4 234,4 mln. AQSh dollari, Аndijon viloyati 6,3 % ulush bilan 3 014 mln. AQSh dollari, Samarqand viloyati 4,5 % ulush bilan 2 188 mln. AQSh dollari, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 0,6 % ulush bilan 301,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

TSAda MDH mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlarning hajmlari dinamikasi

2024-yil yanvar–sentyabr oyida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 34,9 % ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,5 % ga ko‘paydi. O‘zbekiston bilan savdo qilayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti o‘sishi mazkur mamlakatlar iste’molchilari tomonidan respublika eksportiga bo‘lgan talabning oshishiga olib kelishi mumkin. Oʻzbekistonning boshqa xorijiy davlatlar bilan TSAsi 2024-yilning yanvar–sentyabr oylarida 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,5 % ga kamaydi va jami TSAdagi ulushi 65,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2024- yil yanvar–sentyabr holatiga koʻra, 16 842,0 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport 6 601,7 mln. AQSH dollariga yetgan boʻlsa, import 10 240,3 mln. AQSH dollari qiymatida qayd etildi.

MDH mamlakatlari bilan umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi

MDHning erkin savdo hududida savdo qilish O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasiga ijobiy ta’sir qilmoqda. Oʻzbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori hajmlari Rossiya (51,4 %), Qozogʻiston (17,9 %) hamda Turkmaniston (5,2 %) davlatlari bilan qayd etildi.

Oʻzbekiston respublikasining yeoiiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi

Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 12 787,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport hajmi 4 303,4 mln. AQSH dollari, import hajmi esa 8 484,4 mln. AQSH dollariga yetdi.

Shuni takidlash lozimki, YEOIIning aʼzo davlatlari (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iz Respublikasi) o‘rtasida tovarlar va xizmatlar harakati, migrantlar harakatlanishi va kapital harakatining erkinligi taʼminlangan bo‘lib, yagona bojxona tizimiga ega bo‘lgan umumiy iqtisodiy hudud shakllantirilgan.

Eksport hajmi

Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida, eksportyorlar soni 6 710 taga yetdi va ular tomonidan 13 980,6 mln.. AQSH dollari (nomonetar oltindan tashqari) qiymatidagi (2023-yilning mos davriga nisbatan 15,5 % ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.

Tovarlar tashqi savdosi statistik ko‘rsatkichlarini shakllantirishda, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) bilan birgalikda, BMTning Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (XSST) ishlatiladi. Bu o‘z navbatida tahliliy maqsadlarda eksport va import qilinadigan tovarlarni 10 ta katta qismga guruhlash uchun imkon beradi. Tovarlarni XSST bo‘yicha kodlashtirish, TIF TN va XSST o‘rtasida o‘tish kalitlari yordamida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston respublikasining xsst bo‘yicha eksporti tarkibi

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 74,6 % ni tashkil etib, ular boshqa tovarlar (29,5 %), sanoat tovarlari (16,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (7,3 %) va kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (6,2 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

2024- yilning yanvar–sentyabr oylarida MDH mamlakatlariga eksportning ulushi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,6 % ga kamaygan.

2024- yil yanvar–sentyabr oylarida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz Rossiya, XXR, Qozog‘iston, Turkiya, Afg‘oniston, Fransiya va Qirg‘iz Respublikasi kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy еksportdagi ulushi 39,8 % ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida eksporti

Respublika eksporti tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 20,1 % bilan 3 975,6 mln.. AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Jizzax viloyati 0,8 % bilan 149,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

Tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berish, shuningdek, maxsus eksport va safarlar boʻyicha rasmiy statistik ma’lumotlar, Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari, tuman va shaharlari boʻyicha taqsimlanmagan.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti

Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2024- yil yanvar–sentyabr oylarida 1 495,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2023- yilning mos davriga nisbatan 11,8 % yoki 157,2 ming tonnaga ko‘paydi.

2024- yil yanvar–sentyabr oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 1 045,5 mln. AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 25,8 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 5,3 % ni tashkil etdi. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (44,7 %), Qozog‘iston (14,1 %), Pokiston (14,1 %) hamda Afg‘oniston (7,3 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2024- yil yanvar–sentyabr oylarida meva va sabzavotlar eksportining qiymat jihatidan eng katta hajmi Rossiyaga to‘g‘ri keldi (meva va sabzavotlar eksporti umumiy hajmining 44,7 % ini), bu esa Pokiston eksport hajmiga nisbatan 3,2 barobarga ko‘p.

Import hajmi

2024- yilning yanvar–sentyabr oylarida import hajmi 28 432,4 mln. AQSH dollariga yetdi va 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,2 % ga ko‘paydi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (35,5 %), sanoat tovarlari (15,1 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (12,2 %) hisobiga toʻgʻri keldi.

XSST boʻyicha import tarkibi

Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2024- yilning yanvar–sentyabr oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 417,7 mln. AQSH dollariga koʻpaydi va 28 432,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 2 570,8 mln. AQSH dollariga yetdi.

Tashqi savdo statistikasini yuritish metodologiyasiga ko‘ra, tashqi savdo statistikasiga tranzit tovarlar, mamlakatga vaqtincha olib kirilgan yoki undan vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlar kiritilmasligi nazarda tutilgan.

MDH va boshqa davlatlardan tovar va xizmatlar importi hajmlari dinamikasi

2024- yil yanvar–sentyabr natijalariga koʻra MDH mamlakatlaridan import ulushi 36,0 % ni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 3,0 % ga ko‘paydi.

2024- yil yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi 166 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yetti yirik hamkor davlatlar (XXR, Rossiya, Qozogʻiston, Koreya Respublikasi, Turkiya, Turkmaniston va Germaniya) jami importning 2/3 qismini tashkil etdi.

Oʻzbekiston respublikasining hududlar kesimida importi hajmi

Respublika importi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 51,8 % bilan 14 718,5 mln.. AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 0,4 % bilan 105,1 mln.. AQSH dollarini tashkil etdi.

Xizmatlar importi tarkibi

2024- yilning yanvar–sentyabr oyi yakuni bilan xizmatlar importi hajmi 2 570,8 mln. AQSH dollarini yoki jami import hajmining 9,0 % ini tashkil etdi va oʻtgan yilga nisbatan 42,2 % ga koʻpaydi. Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushi boshqa safarlar (turizm xizmatlari) (52,8 %), transport xizmatlari (21,4 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari (9,4 %) va boshqa tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlar (6,0 %)ga tegishli boʻldi.

Shuningdek, boshqa xizmatlar ulushi jami xizmatlar importining 10,4 % ini tashkil etib, uning tarkibida yuqori ulushlarni boshqa tadbirkorlik bilan bogʻliq xizmatlar (4,1 %), texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlash boʻyicha xizmatlar (2,8 %), sugʻurta va pensiya taʼminoti xizmatlari (1,4 %) va boshqalar tashkil etdi.

Sanoat mahsulotlari importi

2024- yil yanvar–sentyabr oylarida import tarkibida sanoat mahsulotlari tovarlari hajmi 4 300,2 mln. AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,3 % ga kamaydi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 15,1 % ga yetdi.

Sanoat mahsulotlari import qilingan asosiy hamkor davlatlar

Sanoat mahsulotlari importi asosan choʻyan yoki legirlanmagan poʻlat (1 867,4 mln. AQSH dollari), metallardan tayyorlangan buyumlar (590,1 mln. AQSH dollari), yigirilgan ip, matolar, tayyor buyumlar va shunga oʻxshash mahsulotlar (417,6 mln. AQSH dollari), rezina buyumlari (313,2 mln. AQSH dollari) va boshqalardan tashkil topgan.