$
 12158.59
-39.69
 14238.92
-2.57
 157.88
1.31
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘tgan oyda Temu o‘zbekistonliklar tomonidan eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi

temu

Yanvar oyi uchun O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar reytingi e’lon qilindi. Biznes jurnalisti Bahora Sadirdinova ma’lum qilishicha, 2025-yil yanvar oyida O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar orasida Temu yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekistondagi yangi trend

Temu 2024-yilning sentabr oyidan buyon O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olinayotgan ilova bo‘lib qolmoqda. Bu elektron tijorat platformasi arzon narxlar, katta chegirmalar va bepul yetkazib berish takliflari bilan e’tiborni tortdi. O‘zbekistonlik xaridorlar Temuni Amazon yoki AliExpress’ning muqobili sifatida ko‘rmoqda.

Google Play va App Store’da Temu birinchi o‘rinni egallagan va hozircha raqobatchilar uni ortda qoldira olgani yo‘q.

ChatGPT 2-o‘rinda

ChatGPT O‘zbekistonda Google Play’da ikkinchi, App Store’da esa to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Bu sun’iy intellektga bo‘lgan katta qiziqishni ko‘rsatadi. Ko‘pchilik undan o‘qish, biznes va shaxsiy ishlarda yordamchi sifatida foydalanmoqda. Dekabr oyida esa ChatGPT ilovasi va veb-sayti eng ko‘p foydalanilgan platformalardan biriga aylangan edi.

So‘nggi kunlarda DeepSeek ham O‘zbekistonda tez ommalashmoqda, lekin u yanvar oyining reytingiga kirishga ulgurmadi. 

Telegram va Instagram — doimiy favoritlar

Har ikkala ilova ham O‘zbekistonda messenjer va ijtimoiy tarmoqlarning yetakchilari bo‘lib qolmoqda. Google Play va App Store’dagi TOP-10 ichida joylashgan. O‘zbekistonda eng ko‘p foydalaniladigan ilovalar bo‘lishiga qaramay, ular hali ham yangi foydalanuvchilarni jalb qilmoqda.

Fintech ilovalar orasida Payme yetakchi

O‘tgan oyda eng ko‘p yuklab olingan fintech ilova bu Payme bo‘ldi. U Google Play’da beshinchi, App Store’da oltinchi eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi.

Umuman olganda, o‘zbekistonliklar asosan xalqaro ilovalardan foydalanmoqda. Mahalliy ilovalardan Payme, Soliq va Uzum Market ro‘yxatga kirgan. 

iPhone foydalanuvchilarida Threadsga qiziqish ortgan

Reytinglar har doimgidek Android va iPhone foydalanuvchilari o‘rtasidagi farqni ko‘rsatmoqda: 

• Google Play’dagi eng yuqori o‘rinlarda o‘yinlar va WhatsApp bor.

• App Store’dagi eng ommabop ilovalardan biri esa Threads (iPhone egalari uni faol yuklab olishgan, Android foydalanuvchilari esa qiziqish bildirmagan).

Avvalroq, Temu yetkazib berish boyichas Uzpost bilan shartnoma tuzgani haqida xabar bergan edik.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot