$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Hatto buzuq soat ham sutkasiga ikki marta to‘g‘ri vaqtni ko‘rsatadi, “Avto24” esa...

propan benzin gaz yonilg

Avvalroq, Energetika vazirligi va “Hududgazta’minot” AJ tomonidan qish mavsumida haydovchilarga yengillik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan “Avto24” ilovasi haqida xabar bergan edik. Xizmat yoqilg‘i, gaz va elektromobil quvvatlash shoxobchalarini topishda qulaylik tug‘dirish uchun yaratilgan. Ammo jamoat faollari va foydalanuvchilar ilovadagi ma’lumotlarning ishonchliligi va uning amaliy foydasi borasida keskin savollar ko‘tarishmoqda.

Ma’lumotlar noto‘g‘ri, ilova esa ishlamayapti

Energetika vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Avto24” ilovasi foydalanuvchilarga eng yaqin yoqilg‘i shoxobchalarini topish, narxlarni taqqoslash va shoxobchalarning holatini ko‘rsatishni va’da qiladi. Biroq ko‘plab haydovchilarning ta’kidlashicha, ilova ko‘pincha noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etmoqda. Masalan, ba’zi metan zapravkalar ochiq deb ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ular aslida ishlamayotgani aniqlangan.

Haydovchilar nima deyishmoqda?

Ilova barcha shoxobchalarda yoqilg‘i narxi bir xil deb ko‘rsatadi, bu esa foydalanuvchilarda ishonchsizlikni uyg‘otmoqda. Masalan, “Ai-80” benzini bir shoxobchada mavjud, boshqa joyda esa yo‘q bo‘lishiga qaramay, ilovada bunday farqlar aks ettirilmaydi. Foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, real vaqt rejimida ma’lumot olish imkoniyati umuman ishonchli emas.

Ko‘plab haydovchilar ilovadan foydalanish jarayonida bir qator qiyinchiliklarga duch kelgan. Toshkent va vodiy hududlarida metan zapravkalar faqat qisqa vaqtga ochilib, uzoq navbatlar bilan ishlamoqda. Ammo bu holatlar ilovada aks etmaydi. Haydovchilar ilovaning va’da qilingan funksiyalarini bajarishga qodir emasligini ta’kidlashmoqda.

Iqtisodchi nigohi

Iqtisodchi Otabek Bakirovning so‘zlariga ko‘ra, ilova bir necha milliard so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lsa-da, uning amaliy foydasi yo‘q. U ilovaning noto‘g‘ri ma’lumotlari haydovchilarni chalg‘itishi va ularni muammoga duchor qilishi mumkinligini qayd etdi.

“Shonli energetiklarning bir necha milliard so‘m sarflanib, hukumat oldida galochka uchun ko‘z-ko‘z qilingan ilovaga ishonilsa, O‘zbekistonda, xususan Toshkentda barcha zapravkalarda benzin bir xil narxda sotilmoqda. Masalan, 80 shiptir laqabli benzin barcha zapravkalarda bor va 8500 so‘m. Lekin, aytaylik, energoto‘da tarafidan oligarxiyaga yashirincha sovg‘a qilingan UNG Petro zapravkalarida 80 shiptir 6900 so‘m, lekin yo‘q, tongda yarim soatga bo‘lgan, keyin yo‘q. Intran’da bo‘lsa, 80 benzin bor, lekin 8700 so‘m.

Xuddi shunday, 91/92, 95 benzin bo‘yicha ham Mirzamahmudovning ilovasida biron to‘g‘ri ma’lumot topa olmaysiz,” – deydi u ilova haqida fikr bildirib.

Теги :
Jamiyat
Avto