$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Oltin narxlari rekordni yangiladi, bundan o‘zbekistonliklarga naf bormi?

Олтин Oltin

Oltin narxi rekord natijani qayd etdi. 1 unsiya oltin 2 230 dollar, 1 funt uran 110 dollar, 1 tonna mis 8 800-9 100 dollarni tashkil qildi. Xo’sh, bu boyliklardan O’zbekistonliklarga nima naf?

Oltin rekordni yangiladi

Bir unsiya oltinning narxi 2 230 dollarga yetdi. Bu barcha davrlar uchun oltin narxining qayd etilgan eng yuqori ko’rsatkichidir. Hozirgi kotirovkalarga qaraganda, O‘zbekiston yiliga kamida 8 mlrd dollarlik oltin ishlab chiqaradi va sotadi. Prognozda ko‘zda tutilgan oltin narxining 1 unsiya uchun 1 800 AQSH dollar narxidan 100 AQSH dollariga ko‘p bo‘lishi budjetga 4,5 trln so‘m qo‘shimcha daromad beradi.

Mis narxi qanchaga 9 100

Misning narxi mart oyida tonnasiga 8 800-9 100 dollardan pastga tushgani yo’q. Prognozga ko’ra, mis narxining 1 tonnasi uchun 7 800 AQSH dollaridan 500 AQSH dollariga oshishi budjet tushumlarini 940 mlrd so‘mga oshirishi kerak.

Uranda nima gaplar?

O‘tgan yildan boshlab O‘zbekiston uran narxlari bo‘yicha ham superdaromadlarni olishni boshladi. Bir yil avval uranninng bir funti 50 dollarga yetmasdi. Hozir 90 dollar atrofida, maksimumlarda 110 dollargacha chiqdi. Eng oddiy hisob kitoblarda ham 800 mln dollarlik uran sotayotgan bo‘lishimiz mumkin. Lekin asosiy uran ishlab chiqaruvchi Navoiyuran DK faoliyati, uning moliyaviy natijalaridan tortib, budjetga berayotgan tushumlarigacha ochiq emas.

Munosabat

Iqtisodchi Otabek Bakirov bu haqida shunday fikr bildirdi:

Keyingi yillarda oltin va misning, o‘tgan yildan boshlab uranning qulay konyunkturaviy narxlaridan samarali foydalanildimi, o‘zi degan savol ko‘pchilikni qiynaydi. Budjetimiz muvozanatli bo‘ldimi? Savdo balansi-chi? Yoki zaxiralarimiz oshib qoldimi? Qarzlarimiz kamaydimi?

“Nima bo‘lgandayam hozircha oltinimiz bor, misimiz bor, uranimiz bor. Buyog‘iga shu 3 asosiy resursimizdan o‘zbekistonliklarning manfaatdorligi, qo‘ldan boy berganimiz gaz singari bo‘lmasligi kerak. Tamshanib ko‘z olaytirayotgan ochko‘z oligarxlarning bu sohalarga yaqinlashishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi” – deya qo’shimcha qildi bakiroo.