$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Rog‘un GESining to‘liq ishga tushishi Tojikiston va qo‘shni davlatlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin

Rog

“Rossiya 24” telekanali efirlarining birida mamlakat energetika xavfsizligi milliy jamg‘armasi eksperti Igor Yushkov Rog‘un GESining to‘liq ishga tushirilishi Tojikiston uchun ham, qo‘shni davlatlar uchun ham xavf tug‘dirishi mumkinligi haqida gapirdi. 

Suv tanqisligi muammosi

Ekspert mavzuga munosobat bildirarkan, ekologik xatarlar masalasiga to‘xtaldi. Uning aytishicha, Tojikistonning o‘zida ham, butun mintaqada ham suv tanqisligi muammosi tobora ortib bormoqda. “Rog‘un GESi suv omborini to‘ldirishning atrof-muhitga salbiy ta’siri hammani tashvishga solmoqda. Uni to‘ldirish uchun 10 yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi, deb taxmin qilinmoqda va yetarlicha uzoq muddat bo‘lib, bu nafaqat Amudaryo, balki bilvosita suv oqimining ham kamayishiga olib kelishi mumkin”, deydi u.

Eng yaxshi holatda stansiya 2029-yilgacha qurib bitkaziladi

Mutaxassisning ta’kidlashicha, joriy yilda Rog‘un GESning uchinchi blokini qurib bitkazish rejalashtirilgan, bu esa Tojikistondagi talabni ko‘proq qondirish, keyin esa qo‘shni davlatlarga eksport qilish imkonini beradi. "Bular uzoq muddatli rejalar. Taxminlarga ko‘ra, eng yaxshi holatda stansiya 2029-yilgacha qurib bitkaziladi. Yangi quvvatlar ishga tushirilsa, elektr energiyasi iste’moli hajmi albatta oshadi. Tojikiston va O‘zbekiston aholisi ko‘paymoqda, 2030-yillarga borib eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun yangi avlod inshootlarini qurish kerak bo‘lishi mumkin”, — deydi ekspert.

Oltita muhim standartlarning buzilishi

Yuqorida keltirilgan xavotir Rog‘un GESi bilan ilk marta sodir bo‘lmayapti. 2024-yilning oktyabr oyida loyihasini moliyalashtirishga tayyorgarlik ko‘rishda Jahon bankining ekologik va ijtimoiy standartlariga rioya etilmagani aniqlanmagani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, ekologlar bankning oltita muhim standartlari buzilganini aniqlagan: ekologik baholashning umumiy qoidalari, biologik xilma-xillikni saqlash, resurslardan samarali foydalanish, to‘g‘onlar xavfsizligi, jamoatchilik ishtiroki va majburiy ko‘chirish. Shuningdek, investitsion loyihalarni moliyalashtirishda bankning ekologik va ijtimoiy siyosatiga rioya qilinmagandi. “Ishonchimiz komilki, Rog‘un GES loyihasining taqdim etilgan varianti Jahon bankining ijtimoiy-ekologik tamoyillariga mos kelmaydi va xalqaro taraqqiyot banklari tomonidan joriy ko‘rinishda moliyalashtirilmasligi kerak. Bank standartlari va protseduralariga rioya qilinmagani tufayli loyiha ko‘plab samarasiz va xavfli elementlarni o‘z ichiga oladi, bu esa uni amalga oshirish jarayonida jiddiy ekologik va ijtimoiy zarar yetkazishi mumkin”, degan edi “Chegara bilmas daryolar” koalitsiyasi koordinatori Yevgeniy Simonov.

Tojikiston uchun o‘ta muhim obyekt

Rasmiylarga ko‘ra, Rog‘un GESi Tojikiston uchun o‘ta muhim obyekt hisoblanadi va mazkur gidroinshoot to‘la ishga tushganidan keyin hukumatning uchta strategik maqsadlaridan biri bo‘lmish uzoq kutilgan energetika mustaqilligiga erishiladi. Rog‘un Tojikistondagi eng qimmat loyihalardan biri hisoblanadi. Har yili Rog‘un GESi aksiyalari aholiga sotilishi va 500 million dollarlik yevrobondlarning xorijiy tashkilotlarga sotilishi hisobidan millionlab somoni sarflanadi. Shuningdek, mamlakat byudjetidan ham moliyaviy mablag‘lar beriladi. Moliya vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, birgina 2019-yilda davlat byudjetidan bu maqsadlar uchun 2 mlrd 100 mln. somoni yoki salkam 222 mln. dollar ajratilgan.

O'zbekistob birinchi ma’muriyatining xavotiri

Rog‘un GES loyihasi sovetlar davridayoq ishlab chiqilgan va qurilish boshlangan edi, ammo fuqarolar urushi va daryoning quyi oqimidagi davlatlarning qarshiligi bilan Tojikiston hukumati GES qurilishini 2016-yilga kelibgina qayta tiklashga muvaffaq bo‘ladi. Tojikistonning Rog‘un GESi qurilishiga O‘zbekistonning avvalgi rahbariyati, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov ham qarshi chiqqan edi: o‘shanda Toshkent zilzila yuz berigidek bo‘lsa, GES to‘g‘oni buzilish xavfi mavjudligidan tashvish bildirgan. Biroq Dushanbe mamlakatida Rog‘un singari GESlar mavjudligini, ular bir necha o‘n yildan beri seysmik barqaror ekanligini namoyon etib kelayotganini aytib kelgan.

Dunyodagi eng baland tosh to‘g‘on

Rog‘un GESida 6 ta agregat bo‘ladi va ular ekspluatatsiyaga tushirilganidan keyin bir yilda 17 mlrd. kVt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Rasmiylarning fikricha, bu nafaqat Tojikistonni arzon elektroenergiya bilan ta’minlaydi, balki qo‘shni Afg‘oniston va Pokistonga elektroenergiya eksport qilish imkonini beradi. Vaxsh daryosidagi 335 metr balandlikda qurilayotgan Rog‘un GES dunyodagi eng baland tosh to‘g‘on hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat