$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

2016-yilgacha qarshilikka uchragan GESning qurilishi mutaxasislar o'rtasida turli savollarni keltirib chiqarmoqda

Qambarota GES-1

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov va hukumat a’zolari qarshi qurilishiga qarshi bo'lgan Qambarota GES-1 qurilishini ijtimoiy va ekologik baholash bo‘yicha birinchi milliy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. 

GES loyihasi bo‘yicha savollar

Muhokama jarayonida mutaxassislar tomonidan "Qo‘shni davlatlar, Qozog‘iston va O‘zbekistonda jamoatchilik bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilishi kutilmoqdami? Ijtimoiy-ekologik ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha texnik topshiriq loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yishga ruxsat beriladimi? Qambarota GES-1 ning kumulyativ ta’sirini baholash, shu jumladan, uning butun GESlar kaskadining suv-energetikasini tartibga solish rejimida ishlashi muhokama qilinadimi? Yaylov yerlaridan mahrum bo‘lgan mahalliy aholiga qanday kompensatsiya to‘lanadi? Qurilish maydonchasidagi seysmiklik qanday hisobga olinadi, tegishli kompyuter modellashtirish amalga oshiriladimi? Qirg‘iziston atrof-muhitga oid qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik ishtirokini tartibga soluvchi Orxus konvensiyasi va transchegaraviy ta’sirlar bo‘yicha Espu konvensiyasi bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini qanday bajarishni rejalashtirmoqda? Qambarota GES-1 suv toshqini zonasida madaniy merosni aniqlash va saqlash ishlari qanday tashkil etiladi?", kabi savollar berilgan.

Loyihaning barcha tafsilotlari 2025-yilda taqdim etiladi

Muhokamada Qirg‘iziston Energetika vazirligi Qambarota GES-1 loyihasining tarixi, uning atrof-muhit va jamiyatga ta’sirini baholashni tayyorlashning hozirgi holati, shuningdek, amalga oshirishning dastlabki jadvalini taqdim etgan. Loyiha Sirdaryo havzasidagi eng yirik gidroelektr stansiyasini qurishni nazarda tutadi. Biroq faqat umumiy taqdimot materiallari jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etiladi. Muhokama jarayonida ta’sirning barcha jihatlari hisobga olinishi va loyihaning barcha tafsilotlari esa keyinroq, 2025-yil yoziga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan ijtimoiy-ekologik baholash doirasida yangi tadqiqotlar natijalari paydo bo‘lganda taqdim etilishi ma’lum qilindi.

O‘zbekiston tomoni xavotiri

GESning qurilish loyihasiga mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov va hukumat a’zolari qarshi turishgan. Sababi, quyi oqimdagi O‘zbekiston suv omborini dastlabki to‘ldirish va bundan buyon yillik bug‘lanish Sirdaryoda sug‘orish uchun mavjud bo‘lgan suv oqimini kamayishiga olib kelishi, to‘g‘ondan ishlab chiqariladigan energiya, agar Afg‘oniston kabi janubiy mamlakatlarga eksport qilinsa, O‘zbekistonning elektr energiyasi eksporti bozoriga ham zarar etkazishi mumkin bo‘lgan. O‘zbekiston hukumatining Toshkentdagi ma’lumotlariga ko‘ra, Qambarota-1 suv tanqisligi, shuningdek, O‘zbekistonga ekologik va iqtisodiy zarar yetkazadi hamda xalqaro qonunlarga zid ravishda taklif qilingan. 

Yangi ma'muriyat roziligi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 11—12-mart kunlari Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Toshkentga qilgan safari chog‘ida “Qambarota-1” GESi qurilishida Qirg‘iziston bilan hamkorlik qilishga rozilik bildirgandi. Shundan so‘ng 13-mart kuni O‘zbekiston Energetika vaziri Bishkekda "Qambarota" bo‘yicha navbatdagi shartnomani imzolaydi. 

GES 6 mlrd. dollarga tushishi mumkin

Ma’lumot uchun, 2023-yil yanvar oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika idoralari rahbarlari Norin daryosida Qambarota GES-1 qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagan edi. O‘sha yilning mart oyida esa tomonlar energetika vazirliklari GES qurilishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan. Qozog‘iston Energetika vazirligi Qambarota GES-1 Qirg‘izistondagi eng yirik elektr stansiyaga aylanishi va uning Markaziy Osiyo mamlakatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashini, shuningdek, mintaqaning suv ta’minotini barqarorlashtirishini ta’kidlagan. GESning qurilishi taxminan 5-6 milliard dollarga tushishi aytilmoqda.

Теги :
Iqtisodiyot