$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Turkiyaning Markaziy Osiyodagi obro‘si oshishi Rossiya, Eron va Xitoyni xavotirlantirmoqda

Iran, China, Russia

Qo‘shma Shtatlarning “The Diplomat” nashri amerikalik siyosiy tahlilchilarning fikriga tayanib Turkiyaning Markaziy Osiyo davlatlariga o‘z ta’sirini oshirishga urinayotgani Rossiya, Eron va Xitoy kabi mamlakatlarni xavotirlantirganini ma’lum qildi.

Tahlilchilar yondashuvi

Nashrga ko‘ra, “Turkiston” atamasidan foydalanish orqali Turkiya Markaziy Osiyoga o‘zining maxsus geosiyosiy nuqtayi nazaridan yondashib, mintaqa bilan o‘zaro aloqalarini mustahkamlashga intilmoqda. “The Diplomat”ning qayd etishicha, yangi atamaga tahlilchilar turlicha yondashmoqda: biri qo‘llab-quvvatlasa, biri tanqid qilib, Turkiyaning mintaqadagi rolini qayta tiklamoqchiligini aytgan. “Turkiston” atamasi tarixiy ildizlarga ega bo‘lsa-da, ba’zi kuzatuvchilar bu harakatni yangi mintaqaviy yo‘nalishga ishora deb hisoblaydi. Rossiyaning Ukrainadagi urushi sababli MOda ta’siri pasayib, Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi orqali o‘sib borayotgan ta’siri fonida bu o‘zgarish jiddiy geosiyosiy ahamiyatga ega.

Geopolitik ta’sir

Tahlilchilarga ko‘ra, Turkiyaning yangi mintaqaviy siyosati, xususan “Turkiston” atamasini qayta kiritishi, Rossiya, Xitoy va Eronga nisbatan geopolitik ta’sir o‘tkazuvchi harakat sifatida qabul qilinmoqda. Turkiya uchun turkiy xalqlar bilan qayta aloqalarini tiklash va umumiy tarixiy hamda madaniy ongni jonlantirish istagini ifodalaydi. Turkiya mintaqada teng asosda sheriklik munosabatlarini o‘rnatishga intilib, umumiy madaniyatning birlashtiruvchi kuchidan foydalanyapti.

Strategik geosiyosiy harakat

“TDT umumiy ta’lim va madaniy siyosatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim “yurish qildi”, jumladan, umumiy tarixni, geografik tushunchalarni va hatto umumiy alifboni yaratish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar ham ilgari surilgan. Bu sa’y-harakatlar Turkiyaning turkiy dunyodagi yumshoq kuchi va ta’sirining o‘sib borayotganini ifodalaydi” deyiladi tahlilda. Lotin alifbosini targ‘ib qilish va “Turkiston” atamasini qayta kiritish orqali Turkiya strategik geosiyosiy harakat qilmoqda. Bu tashabbus Turkiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kengaytirishga qaratilgan tashqi siyosatidagi o‘zgarishni ifodalaydi. Bu, shuningdek, ziyoli Ismoil G‘aspirali tomonidan ilgari surilgan “til, ish va fikrlarda birlik” shioriga mos keladi va katta turkiy birdamlikni mustahkamlaydi. O‘z navbatida bu harakatlari orqali Turkiya panturkizm siyosatini yuritmoqdami? degan savol paydo bo‘lmoqda. Xususan, Rossiya uchun Turkiyaning maqsadlari biroz shubhali. Shu oyda AQSHning Xelsinki komissiyasi xodimlari tomonidan chop etilgan “Rossiyaga qarshi kurash: uzoq muddatli Rossiya tahdidiga tayyorgarlik” nomli hisobotda Turkiya Rossiyaga nisbatan muqobil kuch sifatida ko‘rilishi kerakligi ta’kidlangan. Shu maqsadda hisobot AQSHga Turkiyaning panturkizm tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni tavsiya qilgan.