$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Tadqiqot: Z avlod vakillarining 34 foizi ishning birinchi kunida ishxonaga kelmaydi

gen z

Hozirgi davrda ishchi kuchining yangi avlodi — Z avlod (27 yoshgacha bo‘lganlar) — an’anaviy korporativ madaniyatga qarshi chiqishning turli usullarini kashf etyapti.

Z avlod vakillari ishda ham shaxsiy ustuvorlikni birinchi o‘ringa qo‘yishmoqda

New York Post nashrida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, ularning eng yangi “qarshiligi” “karera ketfishing” nomini olgan. Bu trend ishga qabul qilinishga rozilik bildirib, keyin ishning birinchi kunida kelmaslik va bunday qaror haqida ish beruvchini ogohlantirmaslikdan iborat.

Tadqiqotlarga qaraganda, Z avlodning 34 foizi bunday xatti-harakatlarni amalga oshirgan. Bu faqat Z avlodga xos emas, balki 28-43 yoshdagi milleniallarning 24 foizi, 44-59 yoshdagi X avlodning 11 foizi va 60 yoshdan katta bo‘lgan “bumerlar”ning 7 foizi ham shunday yo‘l tutganini bildirishgan. Bu voqealar ishchilarning korporativ ish madaniyatidan noroziligini va shaxsiy ustuvorliklarini birinchi o‘ringa qo‘yayotganini ko‘rsatadi.

Yangi avlod o‘z ishini minimal darajada bajarishni ma’qul ko‘rishadi

Shuningdek, Z avlod o‘zining noroziligini “karera ketfishing” bilan cheklamasdan, “jimgina tark etish” (“quiet quitting”) kabi yangi trendlar orqali ham namoyon qilyapti. Bunda ishchilar o‘z vazifalarini faqat minimal darajada bajarishni ma’qul ko‘rishadi. Shuningdek, “kofe beydjing” nomli tushuncha ham paydo bo‘lgan bo‘lib, unda xodimlar ish joyiga kelib, biroz vaqt o‘tkazgandan so‘ng ketishadi, bu esa ularning ishga tayyorligi qayd qilinishi uchungina qilingan harakatni anglatadi.

Buning asosida yosh avlodning shaxsiy hayot va kasbiy manfaatlarning o‘zaro muvozanatini saqlashga bo‘lgan intilishi yotadi. Ular o‘zlarini qiymatsiz deb hisoblaydigan tizimlarda ishlashni istamaydi va korporativ madaniyatga moslashishdan ko‘ra, o‘z qadriyatlari bilan uyg‘un hayot kechirishni afzal ko‘rishadi. Bu holat, shubhasiz, ish joylaridagi munosabatlar va xodimlarni boshqarishda katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.