$
 12909.80
7.8
 13415.86
-12.54
 129.09
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

Bu yil tabiiy hamda suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha aholidan 43 ta murojaat kelib tushgan

gaz

Tabiiy hamda suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha aholi vakillari tomonidan bu yil 2,8 marta kam murojaat kelib tushgan. Bu haqda joriy yil yakunlari bo‘yicha AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Hududiy elektr tarmoqlari AJ boshqarma boshlig‘i Saodat Ibragimova ma’lum qildi.

Gaz to‘ldirish shoxobchalarida sotish uchun birja savdolariga 4 ming 835 tonna gaz sotilgan

Ma’lum qilinishicha, 24-dekabr kuni elektr stansiyalar orqali 254,7 mln. kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Respublika iste’molchilariga 240,8 mln. kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

2023-yil 24-dekabrda elektr energiyasi ishlab chiqarish 240,1 mln kVt⋅soatni, iste’mol esa 226,9 mln kVt⋅soatni tashkil qilgan edi. Bu yil qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan, quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga o‘tgan yildagidan ko‘ra 14,6 mln kVt⋅soat yoki 6 foiz ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Va shunga yarasha iste’mol ham 13,9 mln. kVt⋅soat ko‘pni yoki 6,1 foiz ko‘pni tashkil qildi.

24-dekabr kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yurtimizdagi barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga 4 ming 500 tonna avtobenzin yetkazib berildi.

Shuningdek, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida sotish uchun birja savdolariga qo‘yilgan 8 ming 345 tonna avtobenzinning 3 ming 400 tonnasi, 29 ming tonna dizel yonilg‘isining esa 2 ming 42 tonnasi sotildi. Bu avtobenzin bo‘yicha 2023-yil 24-dekabrdagiga nisbatan 7,3 marta, dizel yonilg‘isi bo‘yicha esa 5 baravardan ko‘p, degani.

Gaz to‘ldirish shoxobchalarida sotish uchun birja savdolariga 4 ming 835 tonna, o‘tgan yildagiga nisbatan qariyb 3 baravar ko‘p suyultirilgan gaz chiqarilgan bo‘lib, uning 1 ming 542 tonnasi sotildi.

Vazirlik tizimidagi tashkilotlar korxonalarida qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda tezkor shtablar tuzilgan bo‘lib, 24 soatlik navbatchilik davom etmoqda.

Shuning bilan birga, qishning sovuq kunlarida tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida elektr va gaz ta’minoti korxonalarida 1 ming 657 ta maxsus brigada tunu kun ishlab, joylarda muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etmoqdalar.

2023-yil 24-dekabrda elektr qurilmalarida 10 ta, gaz ta’minotida esa 12 ta nosozlik kuzatilgandi.

Elektr ta’minotining ta’mirlash-tiklash ishlari o‘tgan yilgiga nisbatan 2 soat kam vaqt sarflanmoqda

Vazirlikning axborotiga ko‘ra, kecha soat 10 dan 15 daqiqa o‘tganida Toshkent shahrida 110 kVli “L-Turon” va “L-Qodiriya” elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chgan. Oqibatda uchta podstansiya to‘liq kuchlanishsiz qolib, Mirzo Ulug‘bek tumani hamda Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi 12 mingta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan. 20 daqiqa ichida Mirzo Ulug‘bek tumani iste’molchilarining, 32 daqiqa orasida esa Qibray tumanidagi iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklangan. Soat 16:52 da tarmoq to‘liq ishga qo‘yilgan.

Soat 12 dan 3 daqiqa o‘tganida “Gubkina-2” fideri avariyaviy o‘chib, Bektemir tumanidagi Zilola va Rohat mahallalarida istiqomat qiluvchi 320 ta iste’molchining elektr ta’minoti vaqtincha uzilgan. Soat 14 dan 11 daqiqa o‘tganida iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklangan.

Soat 19 dan 53 daqiqa o‘tganida “Karamurtskaya” podstansiyasida uchta fider avariyaviy o‘chgan. Oqibatda Yunusobod tumanidagi Obod, Chinobod va Bodomzor ko‘chalarida yashovchi 1 250 ta iste’molchining elektr ta’minoti vaqtincha uzilgan. Soat 23 da iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklangan.

O‘tgan yili ta’mirlash-tiklash ishlariga o‘rtacha 3,5 soatgacha vaqt talab qilingan bo‘lsa, joriy yilda bu ishlarga o‘rtacha 1,5 soat vaqt sarflanyapti.

Kecha Energetika vazirligi tizim tashkilotlariga iste’molchilardan 24 ta murojaat kelib tushgan

24-dekabr kuni elektr ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan Energetika vazirligi tizim tashkilotlariga iste’molchilardan 24 ta murojaat kelib tushdi va barchasi maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi. 2023- yilning xuddi shu sanasida aholi tomonidan 207 ta murojaat yo‘llangandi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 8,6 marta kam, deganidir.

Tabiiy hamda suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha kelib tushgan 43 ta murojaat bo‘yicha ham tegishli tartibda tezkor chora-tadbirlar ko‘rildi. O‘tgan yili bu borada aholi vakillari tomonidan 121 marotaba murojaat qilingan bo‘lib, bu yil 2,8 marta kam murojaat bo‘lmoqda.