$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Afg‘oniston Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yuk, Rossiya bilan gaz tranziti bo‘yicha shartnoma imzoladi

Gas

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2023-yilning shu davriga nisbatan qariyb 1 milliard dollarni tashkil etgan. Savdo hajmi 215,8 million dollarga oshgan. 2024-yilning o‘n bir oyida O‘zbekiston Afg‘onistonga 969,4 million dollarlik mahsulot eksport qilgan. 

Rossiya gazining Janubiy Osiyo va mintaqaviy bozorlarga tranziti

Afg‘oniston Sanoat va savdo vazirligi Rossiya gazining Janubiy Osiyoga tranziti bo‘yicha kelishuvni yakunlash uchun poydevor qo‘yilganini ma’lum qildi. Vazirlik matbuot kotibi Oxundzoda Abdul Salam Javadga ko‘ra, 2022-yilda vazirlik rahbariyati Rossiyaga tashrifi chog‘ida Rossiya gazini Janubiy Osiyo va mintaqaviy bozorlarga tranzit qilishni taklif qilgan va bu ijobiy qabul qilingan.

Sanksiyalar ostida qolgan mamlakatlar uchun umid

Avvalroq Afg‘oniston va Rossiya gaz tranziti bo‘yicha kelishuvga erishgani va 2025-yilda Qozondagi sammitda yakuniy kelishuv imzolanishi kutilayotgani xabar qilingandi. Iqtisodiy tahlilchi Mir Shokir Yoqubiyga ko‘ra, Agar ushbu loyiha ishga tushsa, Afg‘oniston tranzit to‘lovlaridan katta daromad olishi mumkin. Bundan tashqari, bunday loyihalar ish o‘rinlari yaratish, infratuzilmani rivojlantirish, ichki sarmoyani jalb qilish va Afg‘onistonda global savdo ishonchini mustahkamlash imkonini beradi. Yana bir tahlilchi Abdul G‘affor Nozimiy fikricha, bu loyiha iqtisodiy sanksiyalar ostida qolgan mamlakatlarga umid berishi mumkin. Uning Afg‘oniston orqali o‘tishi katta iqtisodiy imkoniyatlar yaratadi va mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaydi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot