$
 12814.78
-14.29
 13442.70
97.9
 123.50
-1.41
weather
+26
Кечаси   +14°

Galaktikalar to‘qnashuvi natijasida hosil bo‘lgan to‘lqin Yerga yetib keldi

gallaktika

Janubiy yarimshardagi kuzatuvchilar shov-shuvli kosmik hodisa haqida xabar berishdi: beshta galaktika g‘oyat yuqori tezlikda — soatiga 3,2 million kilometrda to‘qnashdi. Olimlar ushbu to‘qnashuvning Yerga ta’siri haqida ma’lumot berishdi.

To‘qnashuvdan so‘ng yangi yulduzlar va osmon jismlari hosil bo‘ladi

Ma’lum qilinishicha, bu hodisa Yerdan 290 million yorug‘lik yili uzoqlikda sodir bo‘ldi, lekin uning oqibatlari bizning galaktikamizga ham ta’sir qiladi. Bunday to‘qnashuvlar odatda galaktikalarning gravitatsion ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, ularning yaqinlashishi ulkan energiya hosil qiladi.

Shuningdek, to‘qnashuv natijasida shiddatli zarba fronti — reaktiv qiruvchi samolyot yaratgan tovush to‘lqiniga o‘xshash, ammo kosmik masshtabdagi to‘lqin yuzaga keldi. Bu zarba to‘lqini galaktikalardagi gaz va chang hosilalarini qayta joylashtirib, yangi yulduzlar va boshqa osmon jismlari shakllanishiga zamin yaratadi.

Hodisaning Yerga hech qanday yomon ta’siri yo‘q

Ushbu hodisa jarayonida “hech qanday xavf yo‘q” deya ta’kidlamoqda olimlar. Bu hodisa Yerga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki masofa nihoyatda katta. Qolaversa, bizning galaktikamiz qorong‘u modda bilan o‘ralgan, bu esa tashqi energiya ta’sirini qisman kamaytirib yuboradi.

Shuning bilan birga, bunday hodisalar kosmologiya va galaktikalar evolyutsiyasini tushunishda katta ahamiyatga ega. Galaktikalarning to‘qnashuvi hosil qilgan to‘lqinlarni o‘rganish orqali olimlar energiya tarqalishi, materiyaning qayta shakllanishi va hatto qorong‘u energiya xususiyatlari haqida ma’lumot olishlari mumkin.

Bu kabi kosmik hodisalardan vahimaga tushmaslik kerakligi aytilyapti. Ular bizning hayotimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilmasa-da, borliqning cheksizligini yana bir bor his qilishga imkon yaratadi va uni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.