$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘tgan yilda Orol dengizining suvi qurigan hududlarida 218 ming gektar himoya o‘rmonzorlari barpo etilgan

fvv

O‘tgan yilda Orol dengizining suvi qurigan hududlarida 218 ming gektar himoya o‘rmonzorlarini barpo qilingan. AOKAda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati rahbari o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda tizimda 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Cho‘milish taqiqlangan suv havzalarida cho‘kish holatlarining oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan

Ma’lum qilinishicha, vazirlik zimmasidagi vazifalar asosida muayyan ishlar bajarilib, “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturidagi 98-maqsadga muvofiq 5 ta ustuvor yo‘nalishda 16 ta vazifa to‘liq bajarildi.

Shuningdek, amaliy tadbirlar doirasida “Senday hadli dasturi asosida 2030-yilgacha tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, xususan, istiqbolda ekstremal ob-havo hodisalari – erta bahorda tog‘ ko‘llarining toshishi, suv toshqini, sel, ko‘chki, yozgi vegetatsiya davrida qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘ini, chang-tuz bo‘ronlarining oldini olish” ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Ushbu dastur doirasida Orol dengizining suvi qurigan hududlarida 2024-yil yanvar-mart oylarida 218 ming gektar “yashil qoplamalar” - himoya o‘rmonzorlarini barpo qilish ishlari olib borildi.

Shuningdek, toshqinga qarshi hukumat komissiyasi va hududiy komissiyalarning Yig‘ma manzilli dasturlari asosida jami 79 ta suv obyektida 100 mlrd. so‘mdan ortiq muhandislik-himoya ishlari amalga oshirildi.

Jami 7 ming 600 nafar shaxsiy tarkib, 1 ming 800 ga yaqin maxsus va muhandislik texnikalari yordamida tashkil etilgan 170 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari davomida 77 km. dan ortiq masofada ichki ariq va magistral kanallar tozalandi.

Ko‘chki va sel xavfi mavjud hududdagi jami 5 ta xo‘jalik 37 nafar fuqaro xavfsiz hududlarga ko‘chirilib, 310 ta xo‘jalik 1000 nafar aholi muhandislik-himoya ishlari bajarilganligi bois ishchi guruh xulosasi asosida ro‘yxatdan chiqarildi.

Shuning bilan birga, xavfli hududlarda yashovchi aholi bilan 49 mingga yaqin uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga 1 mln. 486 ming nafar aholi jalb etildi. 74 ta suv va sel-suv omborlari, 47 ta gidroelektrostansiya, 316 ta suv havzalari o‘rganilib, 170 ta suv obyektida 150 mlrd. so‘m miqdorida muhofaza ishlari bajarildi.

Cho‘milish taqiqlangan suv havzalarida cho‘kish holatlarining oldini olish bo‘yicha mahalla yettiligi bilan birgalikda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida 20 mingga yaqin ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatildi.

Global tizimga ulangan stansiyalar soni 27 taga yetkazildi

Vazirlik Seysmoprognostik monitoring respublika markazi bilan Qirg‘iz Respublikasidagi 8 ta, Tojikiston va Afg‘onistondagi 1 tadan seysmik stansiyalar Seysmologiya bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasalari global tarmog‘iga integratsiya qilinib, global tizimga ulangan stansiyalar soni 27 taga yetkazildi.

Respublikada kuchli zilzilalardan erta ogohlantirish milliy tizimi kuzatuvlar tarmog‘idagi stansiyalar soni 90 taga yetkazilib, “Kuchli zilziladan ogohlantirish” imkoniyatini beruvchi mobil ilova ishlab chiqildi.

Xususan, prognozlar asosida Toshkent shahridagi 11 mingdan ortiq ko‘p qavatli, 193 ming ta yakka tartibdagi turar-joy binolarining 6.3 magnituda va 8 ball ssenariyli zilzilada talafotlanish darajalari baholandi.

Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan 120 mingta tekshirish, 25 ming ta tadbirkorlik subyektlarida profilaktik ko‘riklar o‘tkazilib, 3 mln. 684 ming ta yakka tartibdagi uylar va ko‘p qavatli uylardagi 1 mln. 930 ming ta kvartiralarda o‘rganishlar olib borildi. 2024-yilda 2023-yilga taqqoslaganda yong‘inlar soni 2,3 foizga kamaygan.

Favqulodda vaziyatlar yuz berganda 10 mingdan ortiq fuqaroning hayoti asrab qolindi

2024-yilda respublikada ro‘y bergan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlardan 10 ming nafardan ziyod fuqaroning hayoti, sog‘ligi va mol-mulki muqarrar halokatdan asrab qolindi.

Ommaviy axborot vositalarida 10 ming ta ko‘rsatuv, 34 ming ta eshittirish efirga uzatildi, nashrlarda 7 ming ta maqola, veb-saytlarda 58 mingta material e’lon qilindi.

Vazirlik va idoralar hamda hokimliklarning 1 711 nafar, muhim ahamiyatga ega iqtisodiyot obyektlarining 500 nafar rahbarlari Fuqaro muhofazasi institutida, hududiy “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv markazlarida 22 ming 890 nafar viloyat, tuman (shahar) darajasidagi korxona, tashkilotlarning rahbarlar tarkibi o‘quv dasturlari asosida favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazildi.

Favqulodda vaziyatlarda shaylikni baholash bo‘yicha 49 ta qo‘mondonlik-shtab, korxona, tashkilotlarda 2 746 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Yoshlar o‘rtasida qutqaruvchi kasbini ommalashtirish maqsadida umumta’lim maktablarida 8 ming 520 ta, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 357 ta jamoa “Yosh qutqaruvchi” guruhlari o‘rtasida tuman (shahar), viloyat va respublika “Yosh qutqaruvchi” musobaqalari o‘tkazildi.