$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Banklarga tushayotgan murojaatlarning asosiy qismi plastik kartalardan noqonuniy pul yechishga oid

kiberxujum

O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasiga tushayotgan murojaatlarning aksariyati plastik kartalardan noqonuniy ravishda pul yechib olish bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan Assotsiatsiya fuqarolarga kartalaridagi ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslik va shubhali shaxslarga pul o‘tkazmaslikni eslatmoqda.

Firibgarlikdan qanday saqlanish kerak?

 1. Kartaning ma’lumotlarini maxfiy saqlang – Kartangizning raqamlari, amal qilish muddati va orqa tarafidagi CVV kodni begonalarga aytmang.

 2. Shubhali shaxslarga pul o‘tkazmang – Firibgarlar odatda pul o‘tkazmalarini talab qiladilar va sizni chalg‘itishga harakat qiladilar.

 3. SMS xabarnomadagi parolga e’tibor bering – SMS orqali yuborilgan kod yoki parolni faqat firibgarlar so‘raydi, buni hech qachon boshqalarga yubormang.

O‘z plastik kartangizdagi mablag‘ni saqlash o‘z qo‘lingizda. Ehtiyotkorlik qilib, ma’lumotlaringizni himoya qiling.

Soxta akkauntlarni aniqlash yo‘llari

Firibgarlarning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkauntlar orqali odamlarni aldaydi. Bunday akkauntlarni aniqlash uchun quyidagi belgilarni e’tiborga oling:

 1. Yopiq yoki cheklangan ma’lumotlar – soxta akkauntlar odatda juda kam ma’lumotga ega bo‘ladi, profil ma’lumotlari umumiy va noaniq bo‘lishi mumkin.

 2. Yangi yaratilgan profil – yozishmalar yaqinda boshlangan bo‘ladi, ya’ni profil yaqin kunlarda yaratilgan.

 3. Video va audio qo‘ng‘iroqlarning yo‘qligi –bunday akkauntlar orqali video yoki audio qo‘ng‘iroq qilish imkoni bo‘lmaydi yoki ular bu imkoniyatdan qochadi.

 4. Maqsadli talablar – firibgarlar ko‘pincha to‘lov yoki shaxsiy ma’lumotlarni so‘raydi.

Firibgarlikdan himoyalanish uchun nima qilish kerak?

 1. Xabarlarni tekshiring – har qanday shubhali xabarni, ayniqsa, pul talab qiladigan yoki shaxsiy ma’lumot so‘raydigan xabarlarni ehtiyotkorlik bilan tekshiring. Rasmiy manbalar orqali axborotni tasdiqlashga harakat qiling.

 2. Kiberxavfsizlik platformalaridan foydalaning – https://fake.cyber102.uz/ kabi maxsus platformalar orqali havolalarni tekshirib, ularning haqiqiy yoki soxta ekanligini aniqlashingiz mumkin.

 3. Rasmiy tashkilotlarga murojaat qiling – shubhali akkaunt yoki xabar bilan to‘qnashganingizda, darhol O‘zbekiston IIV TQD Kiberxavfsizlik markaziga yoki boshqa rasmiy tashkilotlarga murojaat qiling.

 4. Ogohlikni oshiring – shaxsiy ma’lumotlaringizni begona shaxslarga bermang va noma’lum manbalarga ishonmang.

Yolg‘on axborot tarqatganlik uchun jazo belgilangan

O‘zbekistonda yolg‘on va noxolis axborot tarqatish uchun qonunchilikda maxsus javobgarlik choralar belgilangan. 2020-yil 25-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 658-sonli qonuni bilan yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun ma’muriy va jinoyaviy javobgarlik joriy etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2022-moddasiga muvofiq, jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish BHMning 50 (11 mln. 150 ming so‘m) baravaridan 100 (22 mln. 300 ming so‘m) baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar shu harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng qayta sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 2446-moddasiga ko‘ra, BHMning 200 baravarigacha (44 mln. 600 ming so‘m) jarima, 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanadi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot