$
 12915.18
10.27
 13291.01
-152.03
 115.31
-11.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Elektromobillarni quvvatlash uchun maxsus tariflar foydalanuvchilar uchun sinovmi?

elektromobil

2-yanvar kuni Energetika vazirligining matbuot xizmati Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarining "buzilishi" bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha bayonot e’lon qildi. 

Standartlarga mos kelmagan quvvatlash stansiyalari

Vazirlik "reydlar o‘tkazilganini" tasdiqladi va reydlar davomida "standartlarga mos kelmaydigan" stansiyalar aniqlangani ma’lum qildi. Energetika vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatdagi barcha quvvatlash stansiyalarining atigi 10 foizi qabul qilingan texnik talablarga mos keladi.

"Rasmiy ruxsat va hujjatlarning yo‘qligi elektr ta’minotidagi uzilishlar va elektromobillarni quvvatlash sifatining yomonlashuviga olib kelishi mumkin", — dedi Energetika vazirligi.

Elektromobillar uchun kechki chegirmalar 

Shuningdek, vazirlik kunning vaqtiga qarab farqlanadigan "tarif imtiyozlari" tizimini joriy qilishni nazarda tutuvchi yangi qarorni ishlab chiqishni e’lon qildi. Elektr energiyasi iste’moli eng yuqori bo‘lgan soatlar — 06:00 dan 10:00 gacha va 17:15 dan 22:15 gacha tariflar oshiriladi. Haydovchilar 22:15 dan 06:00 gacha bo‘lgan davrda 52% gacha chegirma orqali tejamkorlik qilishlari mumkin bo‘ladi.

Farqlangan tariflar foydalanuvchilar va infratuzilma uchun yangi sinovmi?

O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlantirish uchun farqlangan tariflar tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bir qarashda, bu yangilik quvvatlash stansiyalari egalari uchun qo‘shimcha qulayliklar va imtiyozlarni taqdim etadigan ijobiy o‘zgarish sifatida ko‘rinadi. Biroq, masalaga chuqurroq nazar solganimizda, bunday tizimning foydalanuvchilar va infratuzilma samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bo‘yicha savollar tug‘iladi.

Tariflar foydami yoki manipulyatsiya?

Qog‘ozda hukumat qarori mantiqan asosli ko‘rinadi: foydalanuvchilarni elektr tarmoqlariga minimal yuk tushadigan soatlarda avtomobillarini quvvatlashga rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi. Ammo bu amalda qanday natija beradi? 

Elektromobillar sonining oshishi energiya tizimi uchun jiddiy sinov bo‘lib qolmoqda. Infratuzilmani modernizatsiya qilish o‘rniga, hukumat bu masalani foydalanuvchilarning zimmasiga yuklamoqda. Yillar davomida hal qilinmagan energiya tarmog‘i muammolari uchun ekologik transport egalaridan qo‘shimcha to‘lov undirish taklif qilinmoqda.

Agar elektromobillar va quvvatlash stansiyalari sonining ortishi tarmoqga qo‘shimcha yuk yaratayotgan bo‘lsa, nega energiya tizimini rivojlantirishga mablag‘ sarflanmayapti? Nima uchun ushbu masala ekologik transportni tanlagan foydalanuvchilar hisobidan hal qilinmoqda?

Теги :
Jamiyat