$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2024-yilda xalqaro imtihonlarga ariza topshirish 10 %ga oshdi

edu

2024-yilda xalqaro imtihonlar uchun jami 24 534 ta ariza topshirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 10% o‘sishni bildiradi. Imtihonlarning eng talabgiri sifatida IELTS yetakchi bo‘lib, ushbu imtihon uchun 14 782 ta ariza kelib tushdi. Shundan 11 421 nafar talabgorning xarajatlari davlat tomonidan moliyalashtirildi. https://t.me/MyGovUz/3079

Hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar

Hududlar kesimida Toshkent shahri xalqaro imtihonlarga topshiruvchilar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinni egalladi. Shaharda 5043 nafar arizachining xarajatlari qoplandi va bu jarayon uchun jami 10,5 milliard so‘m ajratildi. Hududlar kesimida qoplab berilgan arizalar soni va ajratilgan mablag‘lar quyidagicha taqsimlandi.

Namangan viloyatida 1302 ta ariza bo‘yicha xarajatlar qoplangan bo‘lib, bu uchun 2,5 milliard so‘m ajratildi. Farg‘ona viloyatida ham 1350 ta ariza bo‘yicha 2,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Andijon viloyatida esa 879 nafar arizachining xarajatlari uchun 1,7 milliard so‘m ajratildi. Toshkent viloyatida 1097 ta ariza bo‘yicha 2,2 milliard so‘m ajratilgan.

Samarqand viloyatida 1134 ta ariza uchun xarajatlar qoplangan bo‘lib, 2,2 milliard so‘m ajratilgan. Buxoro viloyatida esa 1269 ta ariza uchun 2,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 772 ta arizachining xarajatlari qoplangan va bu jarayon uchun 1,5 milliard so‘m ajratilgan.

Jizzax viloyatida 483 ta ariza bo‘yicha 921 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Xorazm viloyatida 718 ta ariza uchun xarajatlar qoplangan va 1,3 milliard so‘m ajratilgan. Qashqadaryo viloyatida 698 ta ariza uchun 1,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Surxondaryo viloyatida 471 nafar arizachining xarajatlari qoplangan va bu uchun 806 million so‘m ajratilgan. Sirdaryo viloyatida 256 ta ariza bo‘yicha xarajatlar qoplangan bo‘lib, 483 million so‘m ajratilgan. Navoiy viloyatida esa 574 nafar arizachining xarajatlari qoplangan va 1 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Akademik va til imtihonlariga talab

IELTSdan tashqari, boshqa xalqaro imtihonlarga ham talab yuqori bo‘ldi. Jumladan, TORFL/ТРКИ (rus tili imtihoni) uchun 5774 ta ariza topshirilgan bo‘lsa, TOEFL iBT (ingliz tili imtihoni) bo‘yicha 293 nafar talabgor hujjat topshirgan. Akademik baholash testi hisoblangan SAT uchun esa 2922 ta ariza kelib tushgan. Shuningdek, GRE (Graduate Record Examinations) bo‘yicha 54 ta va GMAT (Graduate Management Admission Test) uchun 36 ta ariza qabul qilingan.

 Osiyo tillariga qiziqish

Osiyo tillariga bo‘lgan qiziqish ham sezilarli darajada yuqori bo‘lib, jami 235 ta ariza qabul qilindi. Shundan TOPIK (koreys tili) imtihoni uchun 104 ta ariza, JLPT (yapon tili) imtihoni uchun 39 ta ariza, hamda HSK (xitoy tili) imtihoni uchun 16 ta ariza topshirilgan. Bu ko‘rsatkichlar yoshlar orasida Osiyo tillarini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj va qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.

 Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamlari

Xalqaro imtihon xarajatlarini qoplash uchun davlat tomonidan 31 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Ushbu mablag‘ yoshlarimizga nafaqat xorijiy universitetlarga kirish imkonini beradi, balki global bilim maydoniga yo‘l ochadi.