$
 12591.71
-84.4
 14821.70
-153.86
 160.18
-1.38
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Yakunlanib borayotgan yilda 44,5 ming nafar shaxs atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilikni buzgan

tabiat eco

Davlat rahbari tashabbusi bilan bugungi kunda dolzarb ekologik muammolarga e’tibor qaratish, xususan, respublika hududidini yanada ko‘kalamzorlashtirish, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, chiqindilar bilan ifloslanishni kamaytirish va boshqa masalalarga katta e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilda ham bu borada qator ishlar amalga oshirildi.

“Yashil makon” loyihasi

Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2024-yilda jami 224 mln. tup: bahorgi ko‘chat ekish mavsumida 138 mln tup, kuzgi mavsumda esa 86 mln. tup ko‘chat ekildi. Shuningdek, yirik sanoat korxonalari hududlari va atrofida 5,3 mln tup daraxt ko‘chatlarini ekish orqali “yashil belbog‘”lar tashkil qilindi.

“Mening bog‘im” loyihasi

“Ochiq byudjet” tizimi orqali “Mening bog‘im” loyihasi ishga tushirilib, fuqarolar tomonidan tashabbus bildirilgan 215 ta loyiha g‘olib deb topildi va “Yashil bog‘” hamda “Yashil jamoat parklari” barpo etish ishlari olib borilmoqda.

Atmosfera, yer va suv resurslarini muhofaza qilish

Qolaversa, atmosfera, yer va suv resurslarini muhofaza qilish borasida 138 ta sanoat korxonasida samaradorlik darajasi yuqori bo‘lgan chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatildi va mavjudlari modernizatsiya qilinishi natijada atmosfera havosiga 6,5 ming tonnadan ortiq zararli tashlamalar tashlanishining oldi olindi.

“Avtomobilsiz kun”

Toshkent shahri va viloyat markazlarida har oyning to‘rtinchi chorshanba kunida “Аvtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o‘tkazilib, tadbir doirasida jamoat transportidan foydalanishi orqali 800 mingga yaqin transport vositalaridan foydalanmaslik evaziga 2 320 tonna zararli tashlamalarning atmosferaga tashlanishining oldi olindi.

“Toza havo” oyligi

Shu bilan birga, “Toza havo” oyligi tadbirlari davomida 407 mingta avtotransport vositasi ekologik nazoratdan o‘tkazildi. 93 ta korxonada lokal oqova suv tozalash inshootlari qurildi va rekonstruktsiya qilindi. 803 ta avtomobil yuvish shoxobchalari o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga o‘tkazilib, 1 161 ta shoxobchalar oqova suv tindirgichlar bilan jihozlandi.

Аtrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi I-IV toifaga mansub 19 573 ta obyekt davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazildi. 688 ta korxonaning atrof-muhitni ifloslantiruvchi 3 276 ta manbaasida ekologik monitoring o‘tkazildi. Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan 2 000 gektar yer maydonlari rekultivatsiya qilindi.

Davlat ekologik ekspertizasi va monitoring ishlari

Bundan tashqari, bioxilmaxillikni saqlash sohasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ro‘yxatdan o‘tmagan 61,2 ming gektar yerlari to‘liq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 97 ta o‘simlik turi, 106 ta hayvon turi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi 46 ta obyektning geoaxborot ma’lumotlari Milliy geoaxborot tizimiga kiritildi. Sun’iy yo‘ldosh suratlari orqali 254,1 mln. dona daraxtlarning koordinatalari aniqlanib, raqamli xaritasi yaratildi. 600 mingdan ortiq daraxtlarning pasporti shakllantirilib, to‘liq parametrlari bo‘yicha ma’lumotlar elektron platformaga kiritildi.

BMT COP-14 konferensiyasi

Eng muhim voqeliklardan biri, 2024-yilning 12–17-fevral kunlari BMTning Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konventsiyasi Tomonlar konferentsiyasi 14-yig‘ilishining (COP-14) Samarqandda o‘tkazilganidir. Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan hayvonot obyektlariga yetkazilgan zararni undirish summalari 10 baravarga, o‘simliklarga — 5 baravarga, daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarimalar 5 baravarga oshirildi.

GREEN CITY INDEX uslubiyoti

2024-yilda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan 44,5 ming nafar shaxslar aniqlandi. Qonunbuzarlarga 49 mlrd. so‘m ma’muriy jarima va 14 mlrd. so‘m yetkazilgan zararlar hisoblandi. 94 mingdan ortiq korxona va fuqarolarga sohaga oid profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.

Ekologik vaziyatni yaxshilash borasida yana qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, GREEN CITY INDEX uslubiyoti asosida 13 ta hududning ma’muriy markazi va Toshkent shahrining ekologik pasportlari va ekologik reytingi shakllantirildi. Buxoro va Samarqand shaharlarining ekologik “master-reja”lari ishlab chiqildi.

greencities.uz onlayn platformasi

Аholini shaharlar ekologik barqarorligining joriy reytingi toʼgʼrisida xabardor qilish, shuningdek, fuqarolarga shaharlarda atrof-muhitni yaxshilash boʼyicha ishlab chiqilgan hujjatlardan (ekologik bosh rejalar va ekologik pasportlar) foydalanish imkoniyatini taʼminlash maqsadida greencities.uz onlayn platformasi ishga tushirildi.

Markaziy Osiyoda dastlabki ekologik muammolarga ilmiy yechim topishga qaratilgan ilmiy universitet Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʼzgarishini oʼrganish universiteti (Green University) faoliyati tashkil etildi. Chiqindilarni boshqarish sohasiga ham katta eʼtibor qaratildi. Maishiy chiqindilar bilan ishlash sohasida xususiy sektor ulushi 65 foizga yetkazildi. Chiqindi xizmatlariga toʼlov qilishda “Toza Makon billing” dasturiy tizimi joriy qilindi.

Chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash

Chiqindi korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 400 mlrd soʼmlik 346 ta maxsus texnikalar lizing asosida yetkazib berildi. Chiqindilarni saralab yigʼish tizimini joriy qilish maqsadida 414 ta zamonaviy chiqindi yigʼish maydonchalari rekonstruktsiya qilindi va 26 ta zamonaviy maydonchalar qurilib, foydalanishga topshirildi. Chiqindilarni noqonuniy joylashtirish holatlarini aniqlash maqsadida 110 ta nazorat kameralari oʼrnatildi.

“Sayar LLC” kompaniyasi (АQSh) tomonidan Toshkent shahri, Samarqand va Buxoroda 6 ming tonna tibbiyot chiqindilarini termik qayta ishlab, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilishi boshlandi. Ushbu loyiha doirasida 2024-2025 yillar davomida 7 million dollar jalb etib, yiliga 6 ming tonna tibbiyot chiqindilarini termik qayta ishlab, 20 GVt soat/yil, 2026 — 2030 yillarda 108 million dollar jalb etib, yiliga 90 ming tonna tibbiyot chiqindilarini termik qayta ishlab, 300 GVt soat/yil quvvatga ega uskunalarni ishga tushirish koʼzda tutilgan.

Orolbo‘yi hududlarini rekultivatsiya qilish

Respublikada ekologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida 222 ming gektar maydonda oʼrmon barpo qilish va qayta tiklash tadbirlari amalga oshirilib, respublikaning oʼrmon bilan qoplanganlik darajasi 8,1 foizga (3,65 mln gektar) yetkazildi. Jumladan, Orol dengizining qurigan tubi va Orolboʼyi hududlarida qum koʼchishi hamda atmosfera havosiga tuz-chang koʼtarilishini bartaraf etish maqsadida 215 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” barpo qilinib, ularning maydoni 1,9 mln gektarga yetkazildi. Choʼl, togʼ va togʼoldi hududlarida choʼllanish va qum koʼchishi, suv va tuproq eroziyasining oldini olish maqsadida 1000 gektar maydonda himoya oʼrmonzorlari (ihota) barpo etildi.

Barvaqt ogohlantirish tizimi

Barvaqt ogohlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida 20 ta gidrologik postlar zamonaviy avtomatik suv oʼlchash uskunalari bilan jihozlandi. “Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda 8 ta avtomatik stantsiyalar Аndijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Toshkent va Fargʼona viloyatlari markazlarida hamda Toshkent shahrida oʼrnatilib, olingan maʼlumotlar monitoring.meteo.uz veb-saytida har 10 daqiqada yangilanib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat