$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonda tamakining noqonuniy aylanmasi 22 foizdan 9 foizga qisqargan

tamaki

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda tamakining noqonuniy aylanmasi 22 foizdan 9 foizga qisqargan.

 Departament qachon tashkil etilgan?

2018-yil prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 23-may kuni imzolagan farmoniga asosan Bosh prokuratura huzuridagi departament Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti etib qayta tashkil etilgan edi.

Departament Bosh prokuratura huzuridagi mustaqil ixtisoslashgan huquqni muhofaza qilish organi hisoblanadi. U iqtisodiy va korrupsion jinoyatlar, jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo‘yicha tezkor qidiruv faoliyatini olib borish, tergov oldi tekshiruvini o‘tkazish, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatlar natijasida yetkazilgan zararlar o‘rnini qoplash kabilarni amalga oshiradi.

So‘nggi yillarda Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi hamda Departamenti mamlakatda bir qator tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Shu kabi 5-fevral kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda department tomonidan noqonuniy faoliyat bilan bog‘liq qator holatlar haqida axborot berildi.

Tadbirkorlik faoliyatiga huquqiy yordam ko‘rsatilgan

Xususan, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda uni keltirib chiqarayotgan omil va sabablarini bartaraf etish yo‘nalishlardan biri sifatida faoliyat tashkil etilib, 12 254 ta tadbirkorlik subyektiga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatildi, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan 60 mingdan ziyod tadbirkorlar faoliyatiga qonuniy tus berildi.

Bundan tashqari, tadbirkorlarning qonuniy faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilish hamda ularning huquq va manfaatlarining buzilishi bilan bog‘liq 190 ta jinoyatga barham berildi.

800 milliard so‘mdan ortiq soliqlar byudjet uchun undirilgan

Soliq huquqbuzarligi to‘g‘risida tadbirkorlarni xabardor qilish hamda profilaktika choralari orqali jinoyat ishlari qo‘zg‘atmasdan 15,3 mlrd. so‘m soliqlarning ixtiyoriy ravishda davlat byudjetiga to‘lanishi ta’minlandi.

Biroq, profilaktika hamda qonunchilikka muvofiq taqdim etilgan imkoniyatlardan foydalanmagan hamda soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashni davom ettirish bilan bog‘liq 1 625 ta holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 800 mlrd. so‘mdan ortiq soliqlar byudjetga undirildi.

Yashirin iqtisodiyotdagi hisobga olinmagan 20,6 ming ta holatlar rasmiy iqtisodiyotda aks ettirilishi ta’minlanib, shakllangan qo‘shimcha manbalar byudjetga undirildi.

Shuningdek, yashirin iqtisodiyotni shakllanishning turli sxemalari va kanallarini fosh etish, sifatsiz mahsulotlar ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bilan bog‘liq qariyb 2 000 ta huquqbuzarlik aniqlanib, iste’molga yaroqsiz 141 mlrd. so‘mlik mahsulotlarning muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Alkogol va tamaki mahsulotlari aylanmasi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-nazorat tadbirlari davomida 1 392 ta alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy muomalasining oldi olinib, bunda qariyb 65 mlrd. so‘mlik spirt, alkogol va tamaki mahsulotlarini savdosiga chek qo‘yildi.

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish borasida ko‘rilgan choralar natijasida tamakining noqonuniy aylanmasi 22 foizdan 9 foizga, alkogolning yashirin aylanmasi 35 foizdan 18 foizga qisqardi.

Natijada, birgina tamakining aksiz solig‘i tushumi 31 foizga oshdi.

Farmatsevtika sohasidagi yashirin aylanmalar, sifatsiz hamda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini tayyorlash, saqlash va o‘tkazish bilan bog‘liq 387 ta jinoyat aniqlanib, 38,5 mlrd so‘mlik preparat hamda tibbiy buyumlar olib qo‘yildi.

Energiya resurslarining noqonuniy sarfining oldi olingan

Departament hamda Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishiga rioya qilishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida 2,8 trln. so‘mlik xarajatlar maqbullashtirildi, 3,1 trln. so‘mlik mablag‘larning noto‘g‘ri sarflanishining oldi olindi.

Energiya resurslarini talon-toroj qilinishining oldini olish borasida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv va tahliliy ishlar natijasida 1 200 dan ortiq holatda jami 600 mlrd so‘mdan ziyod tabiiy gaz va elektr energiyasini talon-toroji fosh etilib, huquqbuzarlik faoliyatini davom ettirishga chek qo‘yildi.

Shuning bilan birga, Departament organlari tomonidan aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash maqsadida mahalliy hokimlik va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda fermer, dehqon va ishlab chiqaruvchilarning dehqon bozorlarida birinchi qo‘l tamoyili asosida savdoni amalga oshirishiga sharoit yaratilib, barcha dehqon bozorlarida jami 3 059 ta arzonlashtirilgan savdo rastalari doimiy faoliyat yuritishi tashkillashtirildi.