$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Ayrim dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi

dehqon

“Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni bilan qator muhim o‘zgarishlar joriy qilindi. Farmonga binoan, O‘zbekiston Fermerlari kengashi tashkil qilinib, dehqon xo‘jaliklari va tomorqalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi vazifalar belgilandi.

Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar 

Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklaridagi yer maydonlarini to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobini yuritish bo‘yicha tizim joriy qilinadi. Bu jarayonni yanada takomillashtirish maqsadida “Online mahalla” platformasida aniq va batafsil ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi. Bundan tashqari, tuman va mahallalarning iqlim va iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirishni yashil va innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu yondashuv aholining bandligini ta’minlash va ularni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan. 

Yangi tashkilot va jamg‘arma tuzildi 

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha maxsus Kengash tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Fermerlari kengashi nomi bilan yangidan tashkil qilindi. Farmonga muvofiq, Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Kamaba’gallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Ushbu jamg‘arma orqali dehqon xo‘jaliklariga moliyaviy yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

Dehqonlarga ajratiladigan moliyaviy yordam turlari 

Farmonga ko‘ra, Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir qator moliyaviy yordam choralari joriy etiladi. Jumladan: 

Har yili 500 mahallada eng namunali va innovatsion loyiha uchun BHMning 100 baravarigacha grant ajratiladi. 

Usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish uchun har bir kursga BHMning 15 baravarigacha subsidiya beriladi. 

Muayyan mahallada 50% xonadonda eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan usta dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi. 

Dehqon xo‘jaliklari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, quritish, saqlash va qadog‘lash uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha kreditlar ajratiladi. Kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz punkt yuqori stavkada (shundan 5 foiz bank marjasi) taqdim etiladi. 

Tomorqa yer egalari va ijarachilarga quyidagi shartlar asosida moliyaviy yordam ko‘rsatiladi: muzlatkichli omborxonalar, qayta ishlash uskunalari va tayyor issiqxonalar 24 oy imtiyozli davr bilan 5 yilga bo‘lib to‘lash sharti bilan lizingga beriladi.

Qo‘shimcha chora-tadbirlar 

Dehqon xo‘jaliklari faoliyatini kengaytirish va innovatsion yondashuvlar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish orqali aholining yuqori daromadli bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, har bir hududning iqlim va iqtisodiy sharoitidan kelib chiqib, maxsus dasturni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu dastur aholining daromadlarini oshirish va qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Теги :
Jamiyat