$
 12915.07
15.07
 14659.90
64.84
 156.43
-0.89
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Xitoyda 2012-yildan beri ishlab chiqariladigan "yangi damas" O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda

WULING N111

Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati “Asaka Motors” zavodida Wuling N111 avtomobili ishlab chiqarila boshlangani haqida xabar berdi

Damas yoki Wuling N111: qay biri yaxshiroq?

Xitoy uchun eski, O‘zbekiston uchun esa yangi hisoblanuvchi model ham yo‘lovchi, ham yuk tashish uchun mo‘ljallangan. WULING N111 yetti yo‘lovchiga moslangan bo‘lib, uning o‘lchamlari quyidagicha: uzunligi - 3 797 mm, kengligi - 1 510 mm, balandligi - 1 820 mm. Taqqoslash uchun, Damas o‘lchamlari esa mana bunday: uzunligi - 3 485 mm, kengligi - 1 400 mm, balandligi - 1 920 mm. Demak, Xitoy avtomobili kenglik va uzunlik borasida o‘zimizning Damasdan ustun. Yangi WULING N111 82 ot kuchiga ega va 1,2 litrli injektorli dvigatel bilan jihozlangan, Damas esa atigi 38 ot kuchiga ega bo‘lib, 0,8 litrli dvigatel bilan jihozlangan. Yonilg‘i sarfi: WULING N111 - 100 km uchun 6,3 litr, Damas - 100 km uchun 7,8 litr. Standart WULING N111 komplektatsiyasiga allaqachon konditsioner, ABS tizimi va boshqa xavfsizlik elementlari kiritilgan. Ma’lumki, Damas bunday qulayliklar bilan maqtana olmaydi va avtomobil egalari avtomobilni mustaqil ravishda jihozlashga majbur bo‘lishadi. Xitoyning yangi Wuling N111 mikroavtobusining narxi 126 million so‘mni tashkil qiladi. 

13 yillik tarix

Qiziqarlisi, kuni kecha ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan mazkur model Xitoyda 2012-yildan beri Wuling Sunshine nomi ostida “SAIC-GM-Wuling” konsorsiumi tomonidan ishlab chiqariladi. “Asaka Motors International” kompaniyasi boshqaruvi raisi Avazbek Jalilovning ta’kidlashicha, hozirda Wuling N111 avtomobili uchun oldindan buyurtma berish mumkin. 

Ma’lumot uchun, 2024-yilning yozida “Asaka Motors” zavodi Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlaydi. O‘shanda Koreya brendining oltita modeli — Elantra va Sonata sedanlari, Palisade, Santa Fe va Tucson krossoverlari hamda Staria minivenlari ishlab chiqarilgan.

Теги :
Jamiyat
Avto