$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklar dekabr oyining uchdan birida dam olishi mumkin

Kalendar

2024-yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan. Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklar yilning so‘nggi oyida ish haftasiga qarab 8 va 11 kun dam oladi. Adliya vazirligi ma’lumotida qayd etilishicha, "2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilingan. 

Barcha uchun

Farmonga ko‘ra, 2024-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan. Barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):

  • 22-mart – juma; 
  • 11-aprel – payshanba; 
  • 18-iyun – seshanba; 
  • 3-sentyabr – seshanba; 
  • 31-dekabr – seshanba.

6 kunlik ish tartibi uchun

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

  • 2-yanvar – seshanba; 
  • 23-mart – shanba; 
  • 12-aprel – juma; 
  • 31-avgust – shanba; 
  • 30-dekabr – dushanba.

5 kunlik ish tartibi uchun

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:

  • 6-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – seshanba kuniga;
  • 13-aprel – shanba kunidan 12-aprel – juma kuniga;
  • 14-dekabr – shanba kunidan 30-dekabr – dushanba kuniga.

Shunday qilib, besh kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan ishchilar dekabr oyida 11 kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat