$
 12825.01
12.71
 13552.19
19.84
 128.62
0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash qanday samara bermoqda?

chiqindi

O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash korxonalari soni oshib, ekologik inqilob yo‘lida sezilarli natijalarga erishilmoqda. 2024-yilning dastlabki olti oyida 5,2 million tonna chiqindining 270 ming tonnasi qayta ishlanib, bu ko‘rsatkich 5,2 foizga yetdi.

O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar

O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan tizimli ishlar davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Maishiy chiqindilarni qayta ishlash orqali elektr energiyasi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan loyihalar ishlab chiqilgan: 

- Janubiy Koreyaning “Seijin” kompaniyasi Ohangaron poligonida chiqindilardan elektr energiyasi olish bo‘yicha loyihani boshladi. 

- 66 davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida tadbirkorlik sub’yektlari qo‘llab-quvvatlanib, chiqindilarni saralash va qayta ishlash faoliyati kengaymoqda. 

Qayta ishlash korxonalari faoliyati qanday natijalar bermoqda?

2024 yilning olti oyi davomida mamlakatda 292 dan ortiq korxona chiqindilarni qayta ishlash bilan shug‘ullangan. Ushbu korxonalar orasida “Toshkent plast polimer” o‘zining faoliyati bilan ajralib turadi: 

- Kuniga 50 tonna chiqindi qayta ishlanadi.

- Korxona chiqindilardan 15 turdagi mahsulot ishlab chiqaradi: plastik yashiklar, poddonlar, gofrokorobkalar, avtomobil bamperlari va boshqalar. 

- Qayta ishlashdan olingan chiqindilar yana ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi, bu mahsulotlarning chidamliligi va elastikligini oshirishga xizmat qiladi. 

Yangi zavodlar

2027-yilgacha O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 11 ta yangi zavod qurilishi rejalashtirilgan: 

- Yiliga 4,7 mln tonna chiqindi yoqilib, 2,1 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 

- Poligonlar soni 5 barobarga qisqaradi.

- 97 mln. AQSh dollari miqdorida energiya sotiladi va 152 mln. kubometr tabiiy gaz tejab qolinadi. 

- Loyihalar natijasida 1 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Chiqindilarning iqtisodiyotga taʼsiri

O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash nafaqat ekologik muammolarni hal qilishga, balki yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratishga ham xizmat qilmoqda. Ushbu jarayonning samaradorligi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xorijiy hamkorlik loyihalari bilan yanada oshadi.