$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Ota-onalik majburiyatini bajarmaganligi uchun minglab fuqarolar bu huquqdan mahrum bo‘lgan

positive

Ota-onalik huquqidan mahrum qilishga nimalar sabab bo‘lgani va bundan aziyat chekkan bolalarning keyingi taqdiri haqida YouTube'dagi Lolazor podkastida aytib o‘tildi.

Huquqdan mahrum etish eng ko‘p nima sababli bo‘lgan?

Bolalar ombudsmanining so‘zlariga ko‘ra, ota-onalikdan mahrum qilinish holatining eng ko‘pi ularning jinoyatlar sodir etishi yoki bolaga nisbatan ota-onalik majburiyatini bajara olmaganlik, shuningdek, kasalliklar bilan bog‘liq.

Mahrum qilinish holatlarning katta qismi — 86 foiziga ota-onalik majburiyatlarini bajarmaganlik, 14 foizi esa bolalarini tashlab ketganlik, ularga jismoniy va ruhiy tazyiq o‘tkazganlik, ichkilikbozlik va giyohvandlik moddalariga berilishi yoki bolasi yoki eri (xotini) hayoti-sog‘ligiga qasddan jinoyat sodir etish sabab bo‘lgan.

Bolalar taqdiri nima bo‘ladi?

Surayyo Rahmonova ota-onalikdan mahrum qilingan bolalarning keyingi taqdiri haqida so‘zlab, ularning asosiy homiysi davlat bo‘lishi haqida tushuntirish berdi.

“Ota-onalikdan mahrum qilindi degani, bolaning to‘liq ijtimoiy majburiyatlari davlat zimmasiga o‘tadi deganidir. Davlat uning asosiy homiy, vasiysi hisoblanadi. Vasiylik va homiylik organlari bolaning qonuniy vakili sifatida o‘rtaga chiqadi. Bu organlar ham hozirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan. Ular tumanlarda oilalarga eng yaqin vasiylik funksiyasini bajaradigan ijtimoiy yordam ko‘rsatadigan asosiy bo‘g‘inlardir”, — dedi u.

Voyaga yetgan bolalar nimalar bilan ta‘minlanadi?

Keltirilishicha, yetim va ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lganlarning toifasiga kiruvchi bolalar barcha ijtimoiy huquqlar bilan ta’minlanadi. Shu jumladan ularning yoshi yetgandan so‘ng uy-joy bilan ta’minlanishini nazorat qilish va ko‘maklashish bolalar ombudsmani vazifasiga kiradi.

Shuningdek, bola huquqlari bo‘yicha vakil ota-onasidan mahrum bo‘lgan bolalarni turli oilaviy muhitga joylashtirish masalasi haqida gapirdi.

Bolani oilaga moslashtirish

O‘zbekistonda deinstalizatsiya jarayoni ya’ni oddiy tilda aytganda, insonalashgan tashkilotlar, bolalar muassasalarini tugatib, u yerdagi bolalarni oilaviy muhitda bo‘lgan muqobil shakllarga joylashtirish tizimi bor. Bu bolalarni patronaj oilalarga farzandlikka berish, yaqin qarindoshlarga topshirish shakllarida bo‘lishi mumkin.

Jarayon 2021-yilda boshlangan bo‘lsa, shundan beri 23 ta bolalar tashkiloti yopildi. Bunga mehribonlik uylari, bolalar uylari shu kabi yopiq izolyatsiyada bo‘lgan tashkilotlar yopilib, u yerda joylashgan bolalar turli oilaviy muhitdagi sharoitlarga joylashtirildi, deya ta’kidladi Surayyo Rahmonova.

“Bunda oilaviy bolalar uylari samarali oilaviy institut bo‘ldi. Bugungi kunda bu turdagi 130 ta uylar mavjud. Bunday uylarni tashkil qiladigan nomzodlar tegishli tartibda to‘liq tekshiriladi. Yetim va ota-onalik qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga beriladi. Joylarda shunday joylarga borib ko‘rganimda bolalarda o‘zgarish katta”, deya fikr bildirdi u.

Теги :
Jamiyat