$
 12979.13
-10.87
 13513.87
-56.78
 131.22
-0.64
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadbirkorlar Ombudsmanga asosan qaysi masalalarda murojaat qilishmoqda?

tadbirkorlik

2024-yil davomida Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Biznes-ombudsman devoni bir qator muhim natijalarga erishdi, deb xabar bermoqda Biznes-ombudsman mas’uli Guljamol Shukurova AOKAda o‘tkazilgan brifingda.  Yil davomida tadbirkorlar tomonidan jami 9 127 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 51 foizi bo‘yicha tadbirkorlarning huquqlari tiklandi, qolganlariga esa huquqiy tushuntirish berildi. 

Murojaatlar mazmuni

Ombudsman devoniga kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismini tadbirkorlik faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi sohalardagi muammolar tashkil etadi. Xususan, murojaatlarning 12 foizi soliq masalalari bilan bog‘liq bo‘lsa, 11 foizi yer, kadastr va arxitektura muammolari, 10 foizi esa bank va kredit masalalariga taalluqlidir. Qolgan murojaatlar tekshiruvlar (10 foiz), sud qarorlari ijrosi (9 foiz) va boshqa masalalarni qamrab olgan.

“Tadbirkor virtual ofisi”

Tadbirkorlarning ehtiyojlari va murojaatlari faqat an’anaviy shaklda emas, balki “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali ham qabul qilingan. Yil davomida portal orqali 9 059 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ular orqali 10 419 ta masala ko‘rib chiqilgan. Mazkur murojaatlarning 18 foizi bank va kredit masalalariga oid bo‘lsa, 12 foizi soliq muammolari, 10 foizi mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari, yana 10 foizi sud hujjatlari ijrosi, 10 foizi yer yoki bino ajratish, kadastr va infratuzilmaga tegishli masalalar bo‘lgan. Qolgan 32 foizi boshqa turdagi muammolarni o‘z ichiga olgan.

17 milliard so‘mlik mablag‘ tadbirkorlar foydasiga undirildi

Bunday murojaatlar natijasida tadbirkorlarning muammolarini hal qilish uchun katta miqdordagi yordam ko‘rsatildi. Jumladan, 34,5 milliard so‘mdan ortiq kredit ajratilishida yordam berildi, 17 milliard so‘mlik mablag‘ tadbirkorlar foydasiga undirildi, 15,5 milliard so‘m asossiz to‘langan soliq mablag‘lari qaytarildi. Shuningdek, tadbirkorlarning 13 foiz murojaatlari belgilangan muddatdan kechiktirib ko‘rib chiqilgani aniqlangan va bu bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

Tadbirkorlarning murojaatlari bo‘yicha qonunbuzilish holatlari aniq langanida 16 ta taqdimnoma kiritilib, 144 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, 85 nafar mas’ul xodimga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

10 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Yil davomida Ombudsman devoni nafaqat muammolarni hal qilish bilan shug‘ullangan, balki tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan 10 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqqan. Ulardan 4 tasi Qonun, 4 tasi Prezident farmoni, 2 tasi Vazirlar Mahkamasi qarori shaklida bo‘lgan.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot