$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish arzonlashtirildi

auto money

O‘zbekistonda avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im sezilarli darajada pasaytirildi. Ammo oshirilgan ro‘yxatga olish to‘lovi (oddiy avtomobillar uchun 6,84 BHM va elektromobillar uchun 1,5 BHM) o‘zgarmadi.

IIVning xabar berishicha, avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha bir oy avval oshirilgan tarif avvalgi miqdoriga qaytarildi.

Oshirilgan to‘lovlar kamaytirildi

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 3-maydagi (6-may kuni e’lon qilingan) buyrug‘i bilan avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari, elektromobillar va mototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun oshirilgan to‘lovlar kamaytirildi.

2,32 millionga yetgandi

1-apreldan avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish stavkalari 68 baravarga – BHMning 10 foizidan (34 ming so‘m) 6,84 BHMga (2,32 million so‘m) va elektromobillar uchun 15 baravarga (1,5 BHM yoki 540 ming so‘m) oshgandi. Tarif ko‘tarilganidan so‘ng avtomashinani ro‘yxatdan o‘tkazish narxi qariyb 5 million so‘mgacha oshdi.

Qayta ro‘yxatdan o‘tkazish BHMning 10 foiziga tushdi

Yangi tartib bilan avtomobillar va elektromobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar yana BHMning 10 foizigacha qisqartirildi. Shu bilan birga, ro‘yxatga olish to‘lovi (oddiy avtomobillar uchun 6,84 BHM va elektromobillar uchun 1,5 BHM) o‘zgarmadi.

Ichki ishlar vazirligi va Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi avtomashinalarni ro‘yxatga olish stavkalari nima sababdan oshganini izohlamagan.

Qanday holatlarda avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazishda 34 ming so‘m to‘lanadi?

Avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi holatlarda amalga oshirilganda atigi 34 ming so‘m to‘lanadi:

  •  avtomashina egasining familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda;
  •  avtomototransport vositasi egasining yashash joyi yoki joylashgan joyi o‘zgarganda;
  •  yuridik shaxslarga tegishli yuk avtotransportning, avtobus va mikroavtobuslarining saqlab turiladigan joyi o‘zgarganda;
  •  avtomototransport vositalarining rangi yoki raqam agregati o‘zgarganda;
  •  avtomototransport vositasi qayta jihozlanganda;
  • avtomototransport vositasini yoki RO‘DRBni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki yo‘qolganda.
Теги :
Иқтисодиёт
Авто