$
 12869.90
-4.96
 13496.66
-28.38
 124.94
1.88
weather
+26
Кечаси   +14°

Xorijiy avtomobilni vaqtinchalik olib kirish uchun to‘lovlar qimmatlashdi

mashina car svetofot traffic probka tirbandlik

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 1-maydagi qo‘shma qarori bilan O‘zbekistonda chet el avtomobillarini vaqtincha olib kirishda yig‘im hisoblash tartibi o‘zgartirildi.

Bu bilan bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

90 kun o‘z kuchida qoldi

Nizomga ko‘ra, bugungi kunda xorij fuqarolari bir kalendar yili ichida 90 kungacha bo‘lgan muddatga boj va soliqlarni to‘lamasdan O‘zbekistonga o‘z avtomobillari bilan kirishlari mumkin. Biroq undan faqat notijorat maqsadlarda foydalanish mumkin. 90 kunlik muddatdan keyin mashinani mamlakatdan olib chiqib ketish kerak.

Agar 90 kunlik muddat tugasa, xorij fuqarolari avtomashinalarining O‘zbekistonda qolish muddatini uzaytirishi mumkin. Buning uchun to‘lov mavjud. 

Nizomning asliga ko‘ra, bun uchun kuniga har bir avtomobil ot kuchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,7 foizi miqdorida yig‘imni to‘lash sharti bilan yo‘l qo‘yilgan edi.

Tahrirlangan nizom tartibi

Endilikda bu miqdor har bir kechiktirilgan kun uchun 1 BHM baravarida bo‘ladi. Masalan, BHM stavkasi 340 ming so‘m bo‘lsa, 100 ot kuchiga ega avtomobil uchun muddatni bir kunga uzaytirish 238 ming so‘mni, 30 kunga esa 7,14 million so‘mni tashkil etgan. Endi bu miqdor 10,2 million so‘mni tashkil etadi. Agar avtomobil quvvati 143 ot kuchidan oshsa, unda yangi hisob-kitoblarga ko‘ra avtomobilni olib kirish eskisiga qaraganda arzonroq bo‘ladi.

90 kunlik muddatni hisoblash endi transport vositasini vaqtincha olib kirish ro‘yxatga olingan kundan boshlab hisoblanadi.


Теги :
Avto
Iqtisodiyot