Uch oyda 212 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi
Avtoraqamlarning sotuvi son va hajmi bo‘yicha 3,2 barobarga o‘sgan.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dastlabki uch oyda 212 mlrd so‘mlik avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi avtoraqam.uzex.uz tizimida maʼlumot berdi.
52,6 mingdan ziyod
Qayd etilishicha, O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 212,2 mlrd so‘mlik 52,6 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotildi.
3,2 barobarga koʻp
Avtoraqamlarning sotuvi son va hajmi bo‘yicha 3,2 barobarga o‘sdi. 2023-yilning birinchi choragida 16 mingdan ortiq avtomobil raqamlari 66,5 milliard so‘mga sotilgandi.
Taʼkidlash joizki, dastlabki uch oyda sotuvlar hajmi o‘tgan yil davomida sotish hajmining yarmidan ko‘pini tashkil etdi.
2023-yilda jami 87 ming donadan ortiq avtomobil raqamlari 396,1 milliard so‘mga sotilgandi.


