$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Astma xurujlari uchun yangi dori vositasi ishlab chiqildi

astma

Buyuk Britaniya tadqiqotchilarining ta’kidlashlaricha, yarim asr deganda birinchi marta astma xurujlarini davolashning yangi usuli topildi. Unga ko‘ra, yangi preparatni faqatgina eng og‘ir holatlarda emas, balki muntazam ravishda ishlatish mumkin.

Astmaning eng og‘ir turida ham foyda beradi

Ma’lum qilinishicha, benralizumab preparati kasallikning og‘ir shakllari bo‘lgan odamlarda nafas olish muammolarini davolashda an’anaviy steroid tabletkalariga qaraganda ancha samarali.

Uning tarkibidagi monoklonal antitelalar, ayniqsa, eozinofil astma bo‘lgan odamlarning o‘pkasiga kirib, havo yo‘llarining shishishi va yopilishiga olib keladigan oq qon hujayralarining bir turi- eozinofillarga qaratilgan.

Shuningdek, astmaning ushbu shakli kasallik xurujlarini yarmini tashkil qiladi. Xuddi shu biologik mexanizm surunkali obstruktiv o‘pka kasalligining barcha og‘ir xurujlarining uchdan bir qismini tashkil qiladi.

London Qirollik kolleji tadqiqotchilari astma yoki surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bo‘lgan bemorlar xuruj paytida preparatni inyeksiya qilganlaridan to‘rt hafta o‘tgach, xirillash, nafas qisilishi va boshqa alomatlardan kamroq azob chekishini aniqladi.

Preparatdan muntazam foydalanish mumkin

Agar bunday hujumni - nafas olish qiyinlishuvi, xirillash, yo‘tal va ko‘krak qafasidagi siqilish - oddiy ingalyatorlar bilan nazorat qilish imkoni bo‘lmasa, shifokorlar endi steroidlar kursini belgilaydilar.

Oxirgi tadqiqotlar Benralizumabni faqatgina eng og‘ir holatlarda emas, balki uni muntazam ravishda ishlatish mumkinligini ko‘rsatdi.

Shuning bilan birga, olimlar barcha astma yoki surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi xurujlari bir xil emasligini tushunishdi. Bemorlarda immunitet tizimining turli qismlari turlicha javob beradi.

“Biz yallig‘lanishning turli shakllari mavjudligini ko‘rdik va kerakli vaqtda bemorga to‘g‘ri davolanishni buyurishimiz mumkin” - deydi Qirollik kolleji professori Mona Bafadxel.

Dori vositasini qabul qilgandan keyin bemorlarda hayot sifati yaxshilangan

158 kishi ishtirok etgan tadqiqotda, bemorlar preparat bilan davolanishgach uch oy davomida kuzatilgan. The Lancet Respiratory Medicine jurnalida chop etilgan natijalar shuni ko‘rsatdiki davolash muvaffaqiyatsizligi darajasi steroidlar bilan 74% ni va yangi terapiya bilan 45% ni tashkil qiladi. Yangi terapiyani olgan odamlarda kasalxonaga yotqizish, takroriy davolanishni olish va o‘lish ehtimoli kamroq bo‘lgan.

Ko‘ngillilar, shuningdek, yangi dori-darmonlarni qabul qilgandan keyin simptomlar va hayot sifati yaxshilangani haqida xabar berishdi.

“Biz 50 yil davomida davolanishni o‘zgartirmadik - bu preparat davolanishga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartiradi”, deydi professor Bafadxel.