$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Joriy yilda O’zFA olimlari tomonidan e’lon qilingan ilmiy maqolalarning 750 tasi nufuzli jurnallarda chop etilgan

akademiya

2024-yilda Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan e’lon qilingan ilmiy maqolalar soni 2350 ta, nufuzli jurnallarda 750 ta tashkil etadi. AOKAda Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharofova ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda “Yoshlar bandligi dasturi” yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Fanlar akademiyasi tizimida 35 ta ilmiy tashkilot faoliyat olib bormoqda

Ma’lum qilinishicha, ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida, 2024-yilning dekabr holatiga ko‘ra Fanlar akademiyasi tizimida 35 ta ilmiy tashkilot, jumladan 4 ta markaz, 3 ta muzey va boshqa yordamchi-xo‘jalik tashkilotlar faoliyat olib bormoqda.

Ularda jami 5232 nafar xodim, jumladan 2828 nafar ilmiy xodim, 76 nafar akademik, 485 nafar fan doktori, 843 nafar fan nomzodi (falsafa doktori) faoliyat olib bormoqda. Tizimda 30 yoshgacha bo‘lgan yosh xodimlar 970 nafarni, 40 yoshgacha bo‘lganlar esa 854 nafarni, ya’ni mavjud salohiyatning deyarli 40 foizini tashkil qilmoqda. Fan yo‘nalishlari kesimida oladigan bo‘lsak, fizika-matematika va texnika fanlarida – 572 nafar, kimyo-biologiya va tibbiyot fanlari yo‘nalishida - 621 nafar hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishida – 248 nafar, mintaqaviy bo‘limlarimizda esa 195 nafar yosh xodimlar o‘z ilmiy faoliyatlarini olib bormoqdalar.

O‘tayotgan 2024-yilda Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan e’lon qilingan ilmiy maqolalar soni 2350 ta, nufuzli jurnallarda 750 ta tashkil etadi. Chop etilgan monografiyalar soni 45 ta, yangi ishlanmalar uchun olingan patentlar soni esa 60 ta tashkil etadi. Tijoratlashtirilgan mahsulotlar soni 51 ta iborat.

120 dan ortiq xodimlar xorij mamlakatlariga ilmiy safarlarga borib kelgan

Ta’kidlash joizki, Fanlar akademiyasi tasarrufidagi 32 ta ilmiy tashkilot doktoranturalarida jami 774 nafar tayanch doktorant, 84 nafar doktorant, 100 nafar stajor-tadqiqotchi va 130 nafar mustaqil-izlanuvchilar tahsil olmoqdalar.

Olimlarni, ayniqsa yoshlarni chet ellarda stajirovka o‘tashi va ilmiy hamkorlik qilishlari uchun byudjet mablag‘lari hisobidan safarlarga yuborish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi va bugungi kungacha 120 dan ortiq xodimlar xorij mamlakatlariga ilmiy safarlarga borib keldi.

Shuningdek, joriy -yilda ja’mi 461 nafar yoshlarni Fanlar akademiyasi tizimida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish rejalashtirilmoqda. Jumladan doktaranturaga 53 ta, tayanch doktaranturaga-282 ta, maqsadli doktaranturaga-4ta, maqsadli tayanch doktaranturaga 22 ta, stajor tadqiqotchilikka 100 ta o‘rin ajratilgan. Fanlar akademiyasi “Yoshlar bandligi dasturi” doirasidagi amaliy ishlari bilan mamlakat yoshlarini nafaqat ish bilan ta’minlash, balki ilm-fanga ham jalb etmoqda.