$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Axborotdan tortib agrar sohagacha: Dunyo sun’iy intellekt ta’siri ostida qolmoqda

AI

Hozirgi zamonga kelib sun’iy intellekt har bir sohaga kirib ulgurdi. Shuningdek, hozirga kelib sun’iy intellekt jismoniy ishlar uchun ham qo‘llanilmoqda. Shu bilan birga SI insonlar ishini qo‘lidan tortib olayotgani ham barchani tashvishga solyapti. Lekin, bu uning rivojlanishiga hech qanday to‘siq bo‘lmayapti.

ChatGPTni endi ro‘yxatdan o‘tmasdan ishlatsa olasiz

Takomillashib borayotgan SI'lardan eng ommalashgani ChatGPT. 1-aprel, dushanba kunidan boshlab OpenAI kompaniyasi sun’iy intellect (SI)ga asoslangan ChatGPT xizmatidan ro‘yxatdan o‘tmasdan foydalanish imkoniyatini berdi.

Qayd etilishicha, oldin undan mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda foydalanish mumkin edi. Kompaniyaning aytishicha, akkaunt yaratish foydalanuvchilarga chatlar tarixini saqlash, ko‘rish, almashish va bot bilan ovozli suhbat kabi qo‘shimcha funksiyalarni ochish hamda maxsus ko‘rsatmalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Shuningdek, kompaniya foydalanuvchilarning kengroq doiradagi so‘rovlarni bloklash kabi qo‘shimcha xavfsizlik choralari joriy etilishini ham ko‘zda tutgan.

“Bugundan boshlab ro‘yxatdan o‘tmasdan ChatGPT’dan yanada tezroq foydalanishingiz mumkin. Biz buni sun’iy idrok imkoniyatlariga qiziqqan har bir kishi uchun bosqichma-bosqich joriy etyapmiz” deyiladi bu haqdagi xabarda.

Sun’iy intellekt dalalarda

Amerikalik fermerlar sun’iy intellektni o‘zlashtirishda va uni ish sharoitiga qo‘llashda jadallik bilan davom etyapti. Texnologiyalar qanchalik murakkab bo‘lmasin, ular shunchalik zarur hamdir.

AQSh qishloq xo‘jaligida ishchilarning yetishmasligi agrar sanoat daromadi va hosil miqdoriga xavf tug‘diryapti. Ishlovchi qo‘llarning kamligi global miqyosda ham oziq-ovqat ta’minotini xavfga qo‘yadi. Hozir ishchi yetishmasligini qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Xitoy va Hindistondan keyin dunyodagi eng yirik ta’minotchi davlat bo‘lgan AQShga muammo bo‘lib qolmoqda.

Muammo — ishchi kuchi

Fermerlarning qarib borayotgani ham asosiy muammolardan biri. Ko‘pchilik quyosh chiqqandan to botguncha mehnat qilishni xohlamaydi. Qolaversa, fermerlik uzoq yillardan beri ota kasb bo‘lib kelgan, lekin yosh avlod uni davom ettirishni xohlamayapti. Aksincha, ular ish intensivligi yuqori bo‘lmagan, yaxshiroq to‘laydigan sohalarda ishlashga xohish bildirishmoqda. Agrar ishlarni bajarish bilan shug‘ullanuvchi asosiy qatlam – migrantlar ham shunday, boshqa yaxshiroq daromadli ishlarga o‘tib ketishadi.

Bankmanning taklifi

“Mehnat qilish zarurati hozir birinchi raqamli tashvishimiz. Fermerlarning o‘rtacha yoshi — 60 da”, deydi AQSh fermer xo‘jaligi federatsiyasining hukumat ishlari bo‘yicha direktori Emili Bakman. Uning aytishicha, o‘zining otasi ham fermer, yoshi 70 da bo‘lishiga qaramay, hali ham dalada mehnat qiladi. Unga faqat Emilining akasi yordam beradi xolos.

Bakmanning aytishicha, qishloq xo‘jaligi mehnat bozori qisqarib borish bilan birga qimmatlashib ham boryapti, hosil ham kamayyapti. Yechim sifatida AQSh fermerlari robotlar va SI vositalaridan foydalanishga harakat qilyapti. Texnologiyalar mehnat yukini yengillatishga yordam berishidan umid qilinyapti.