$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadqiqot: SI kelajakda 80 million ish o‘rnini egallaydi

ai work

Jahon iqtisodiy forumi 2027-yilga kelib Yevropada 83 millionta ish o‘rni yo‘qolishini bashorat qilmoqda. Bunday o‘zgarishlarning asosiy sababi tez rivojlanayotgan sun’iy intellekt hisoblanadi.

SI barcha sohaga o‘z ishchi kuchlarini jalb etadi

Tadqiqotda aytilishicha, 2027-yilgacha 69 milliongacha yangi ish o‘rni yaratilishi mumkinligi aytiladi.

McKinsey kompaniyasining Yevropada bandlik kelajagi tadqiqoti prognozlariga ko‘ra, 2030-yilga borib 94 million yevropalik ishchi robotlarning rivojlanib borishi tufayli qayta tayyorlovga muhtoj bo‘ladi.

Shuningdek, McKinsey ishchilariga sun’iy intellekt rivojlanishi bilan eng ko‘p tahdid soladigan sohalarni aniq keltiradi. Ular jumlasiga – mehmonxona va jamoat ovqatlanish obyektlari (94 foiz), san’at (80 foiz), ulgurji va chakana savdo (68 foiz), qurilish (58 foiz) hamda transport va logistika (50 foiz) kiradi.

Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan odamlarning aksari kelajakda o‘z kasbini o‘zgartiradi

2030-yilga borib 21 million kishi kasbini o‘zgartirishga majbur bo‘lishi mumkin. Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, bu odamlarning aksariyati oliy ma’lumotli emas.

Hisob-kitoblarga qaraganda yaqin yillarda boshqa sohalarda sezilarli o‘sish ham bo‘lishi kerak. Gap 69 millionga yaqin yangi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ketyapti. Hisobotda esa bunday mintaqalarning barqaror turishiga yordam berish uchun masofaviy ishlashni rag‘batlantirish taklif etiladi. 

Yevropaning turli chekkalarida aholi, ishchi kuchi va bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha farqlar mavjud

Yevropada mehnat unumdorligi hozirda Amsterdam, Kopengagen, London, Madrid, Myunxen va Parij kabi bir necha mehnat bozorlarida jamlangan. Ushbu shaharlarda Yevropa aholisining atigi 20 foizi istiqomat qiladi, biroq 2007-2018-yillar oralig‘ida Yevropa yalpi ichki mahsuloti o‘sishining 43 foizi, sof ish o‘rni o‘sishining 35 foizi va aholi o‘sishining 40 foizini tashkil qilgan.

Sharqiy va janubiy Yevropada esa mehnat bozori qisqargan 438 ta mintaqa mavjud bo‘lib, ularda aholining 30 foizi istiqomat qiladi va “ishchi kuchining qisqarishi, keksa aholi va ta’lim darajasining pastligi” bilan tavsiflanadi.