$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Ijtimoiy tarmoqlarning bolalar uchun zarari haqidagi afsona: Nima uchun taqiqlar ishlamaydi?

ijtimoiy tarmoq

Butun dunyo siyosatchilari ijtimoiy tarmoqlarning yosh avlod uchun zarari haqida tashvishlanayotgan bir paytda, ilmiy ma’lumotlar boshqacha manzarani tasvirlaydi. Oksford internet institutining eksperimental psixologi, odamlarning virtual muhit bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi professor Andrey Pshibilskiy fikricha, bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash muammoning yechimi emas. 

Ilmiy tadqiqotlar buni tasdiqlamadi

Siyosatchilar ijtimoiy tarmoqlarni bolalar xavfsizligi va farovonligiga “jiddiy tahdid” deb atab, ularni taqiqlashga chaqirmoqda. Ammo ijtimoiy tarmoqlar haqiqatan ham yomonlikning ildizi bo‘ladimi?

So‘nggi yigirma yil ichida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar buni tasdiqlamaydi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati ijobiy jihatlarni – do‘stlar bilan muloqot qilish, o‘z qiziqishlari bilan shug‘ullanish, qiyin vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini qayd etishadi. 

Nima qilish kerak?

18 yil davomida 168 mamlakatda to‘plangan ruhiy salomatlik bo‘yicha global tadqiqotlar ma’lumotlari internetdan foydalanish va yoshlar farovonligi o‘rtasida sabab-oqibat aloqasi yo‘qligidan dalolat beradi. Ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash amaliyotlari ham kuzatilmoqda. Biroq bu bolalarning BMT tomonidan kafolatlangan huquqlarini, shu jumladan bo‘sh vaqt va so‘z erkinligini buzishi mumkin.

Taqiqlar o‘rniga professor Pshibilskiy ota-onalarni farzandlarining raqamli hayotida faol ishtirok etishga chaqiradi. Ularga o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha sog‘lom odatlarni shakllantirishga yordam berish muhimdir. 

Bu ularni raqamli dunyoda katta hayotga tayyorlaydi. Taqiqlar esa bolalarni onlayn makon bilan mas’uliyatli va xavfsiz o‘zaro aloqani o‘rganish imkoniyatidan mahrum etib, xavfsizlik illyuziyasini yaratadi, xolos.

Теги :
Jamiyat