$
 12559.26
-59.37
 14413.01
-103.46
 160.17
-0.66
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Rus ma’naviyatchilari Nargiz Zokirovani natsistlikda ayblamoqda

nargiz zokirova Nargiz Zokirova

Rossiyalik faollar Nargiz Zokirova ustidan prokuraturaga arz qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ish ochilishiga sabab bo‘lgan holat — qo‘shiqchining tatuirovkasi bo‘lgan.

Ma’naviyatchilarga nima turtki berdi?

Qayd etilishicha, Rossiyaning “Xalq da’vati” harakati faollari mashhur Zokirovlar sulolasi a’zosi, 53 yoshli xonanda Nargiz Zokirovaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish talabi bilan mamlakat Bosh prokurori Igor Krasnovga murojaat qilgan. Bunga Nargiz Zokirova oyog‘iga yangi chizdirgan Stepan Bandera ko‘rinishidagi tatuirovka sabab bo‘lgan.

Tatuirovkada ramziy ma’no bor deya qaralmoqda

Murojaat tashabbuskorlari Zokirovaning xatti-harakatlarini “Natsizmni qayta tiklash” va “Natsistlarning ramzini takroriy targ‘ibot qilish yoki ommaviy namoyish qilish” deb hisoblamoqda.

Zakirova Rossiyaga kirish huquqidan mahrum qilingan

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati qabul qilgan qarorga ko‘ra, xonanda O‘zbekistonga qaytgandan so‘ng, Rossiya haqida keskin fikrlar bildirgani uchun 50 yilga – 2072-yilgacha Rossiyaga kirish huquqidan mahrum qilingandi. U hozir AQSHda istiqomat qiladi.

Nega buncha dod-voy? Stepan Bandera kim o‘zi?

Stepan Bandera (1909-1959) ukrainalik siyosiy arbob bo‘lib, u Ukraina millatchilik harakatining rahbari va tashkilotchisi. 1934-yilda u Polsha hukumati tomonidan hibsga olingan va sud tomonidan o‘limga hukm qilingan, keyinchalik u umrbod qamoq jazosiga almashtirilgan. Germaniyaning Polshaga hujumi sabab ozodlikka chiqqan. Fashistlar Germaniyasining Sovet Ittifoqiga hujumidan oldin Bandera millatchi kuchlar faoliyatini birlashtirish uchun Ukraina Milliy Qo‘mitasini yaratish tashabbusi bilan chiqqan. Stepan Bandera Ukraina tarixi va milliy harakatlarida muhim shaxs bo‘lib, uning faoliyati va merosi bugungi kunda ham Ukrainada va boshqa mamlakatlarda keskin baholarga sabab bo‘ladi. Masalan, u Ukrainada milliy qahramon sifatida qaralsa, boshqa joylarda juda ziddiyatli shaxs sifatida ko‘riladi.

Теги :
Jamiyat