$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Tug‘ilgan kunni nishonlagan fuqarolar ommaviy zaharlanishga uchradi

positive

Tug‘ilgan kunni fuqarolar kafeda nishonlaganliklarini aytishgan.

Ommaviy botulizm 

Samarqandda tug‘ilgan kunda qatnashgan fuqarolarning 8 nafari zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi.

Ma’lum qilinishicha, 4-avgust kuni Samarqanddagi kafelardan birida bo‘lib o‘tgan tug‘ilgan kunda odamlar ommaviy botulizm bilan zaharlangan va ulardan bir nafari vafot etgan.

Hozirda,kafening faoliyati to‘xtatilib, eshik muhrlangan.

Vafot etgan bemor

“Qorinda og‘riq, qusish bo‘lgani, uyida o‘zi davolangani, shifoxonaga kelganda qon bosimi 130/90 bo‘lgani sababli, bemor ichki infeksiyasida gumon qilingan. Ertasi kuni bemorda to‘satdan og‘irlashish kuzatildi. Qilingan choralarga qaramasdan, bemorda o‘lim holati sodir bo‘lgan”, — dedi shifokor.

Botulizmga chalingan yana 8 nafar bemor hozirda yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Shifokorning so‘zlariga qaraganda bemorlarning kelgan vaqtda ahvoli og‘ir bo‘lgan. Ulardan bir nechtasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Hozirda bemorlarda yaxshi o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

Kasallikning keltirib chiqargan sabab o‘rganilmoqda

Bemorlarning so‘zlariga ko‘ra, tug‘ilgan kun tadbirida taxminan 22 kishi ishtirok etgan. Ularning orasida esa 2 yoshli bolakay ham bor.

“Hammamiz, oilamiz bilan o‘sha kafeda bo‘ldik. Tug‘ilgan kun o‘tkazgan edik. Salat kabi ovqatlar bor edi. Ko‘pchilikda qusish, holsizlik, ovqatni yuta olmaslik kabi muammolar bo‘ldi bir kun o‘tib”, — degan bemorlardan biri.

Hozirda kasallik kelib chiqish sababini aniqlash yuzasidan mas'ullar tomonidan laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat