$
 12741.02
-16.92
 14062.26
-63.33
 134.38
-0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

Cho‘kayotgan oliy ta’lim: Z avlod vakillari oliy ta’limdan ko‘ra kasb-hunar kurslarini afzal ko‘rishmoqda

Z avlod

Bugungi kunda Z avlod vakillari deb ataluvchi yoshlar avlodi orasida oliy ma’lumot olishning ahamiyati haqida qarashlar sezilarli darajada o‘zgargan. Ular turli xil sabablarga ko'ra, oliy ta’lim o‘rniga kasb-hunar kurslarida o‘qishni afzal ko‘rishmoqda.

Oliy ta’lim qimmat va o‘z-o‘zini oqlamaydi

Harris Poll tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, yoshlarning 77 foizi oliy ta’limni eskirgan tizim deb hisoblaydi. 50 foizdan ortig‘i esa kasb-hunar egallashni ma’qul ko‘rarkan. 

Ushbu qarashlarning asosiy sabablaridan biri qilib — oliy ta’limning qimmatlashuvi va unga ketadigan mablag‘larning aksariyat hollarda o‘zini oqlamasligi ko‘rsatilmoqda.

Bu holatda esa talabalar o‘qish xarajatlarini qoplash uchun katta qarzlar olishga majbur bo‘lishadi, lekin diplom ularning kelajakda ish topishiga kafolat bermaydi. 

Ishchi kasblar daromad keltiruvchi soha deb baholanmoqda

Aksincha, ishchi kasblar ko‘proq amaliyotga asoslangan bo‘lib, daromad olishni tezlashtiradi va mehnat bozorida barqarorlikni ta’minlaydi.

Shuningdek, kasb-hunar ta’limi, xususan, elektr sozlovchi yoki payvandlovchi kabi texnik yo‘nalishlar, bugungi kunda ish beruvchilar orasida talab katta bo‘lgan sohalardan hisoblanadi. Bu kasblar mehnat bozori uchun muhim bo‘lib, qisqa muddatda o‘rganish va daromad olish imkonini beradi. Bundan tashqari, o‘quv xarajatlari ham nisbatan arzon bo‘lib, qarz orttirish xavfi yo‘q.

Shuning uchun, ko‘plab yoshlar an’anaviy universitet ta’limidan ko‘ra, kasb-hunar yo‘nalishlarini tanlashga intilmoqda. 

Mehnat bozori uchun amaliy ko‘nikmalar muhim

Bugungi kunga kelib oliy ta’limni tanlashda e'tibor qaratiladigan muhim jihatlar bor, biroq hozirgi mehnat bozorining talabiga ko'ra, ko‘proq amaliy ko‘nikmalarni bilish talab qilinyapti.

Теги :
Жамият