$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Hududiy obodonlashtirish boshqarmalarida ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari tashkil etiladi

Yo

Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mamlakatda jami 184 ming 582 kilometr avtomobil yo‘li bor

Qayd etilishicha, mamlakatda jami 184 ming 582 kilometr avtomobil yo‘li bor. Shundan qariyb 142 ming kilometri ichki xo‘jalik yo‘llari.

So‘nggi to‘rt yilda ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlashga 15 trillion so‘m ajratilgani sabab mahallalarda, chekka qishloqlarda ham ko‘chalar ravon bo‘lib, aholi farovonligiga xizmat qilmoqda, deyiladi xabarda. Yig‘ilishda ularni saqlashga mas’ul tizim yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

2 ming 354 ta ko‘prikning “egasi” aniq emas

Chunki Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi davlat va xalqaro ahamiyatdagi yo‘l va ko‘priklar bilan shug‘ullanadi. Ichki yo‘l va ko‘priklar esa mahalliy hokimliklar balansida, deya tushuntirdi prezident. Buning ortidan hozirgi kunda 43 ming kilometr ichki yo‘llar ta’mirtalab holatda, 2 ming 354 ta ko‘prikning “egasi” aniq emas.

Ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari eng zarur 4 turdagi maxsus texnika bilan ta’minlanadi

Shu bois tuman darajasida bu masalalarga mas’ul tizim yaratish rejalashtirilmoqda. Taklifga ko‘ra, 208 ta tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalarida ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari tashkil qilinadi. Ular eng zarur 4 turdagi maxsus texnika bilan ta’minlanadi. Buning uchun budjetdan tegishli mablag‘ ajratish ko‘zda tutilayapti.

Yo‘llarni saqlashga yo‘naltirilgan mablag‘ ta’mirlash xarajatini bir necha barobar qisqartiradi

Tahlillarga ko‘ra, yo‘llarni saqlashga yo‘naltirilgan mablag‘ ta’mirlash xarajatini bir necha barobar qisqartiradi. Agar o‘z vaqtida pul ajratilib, ichki yo‘llar to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinsa, ularni ta’mirlash muddatlari ham kamida 2 barobar uzayadi, deb hisoblaydi mas’ullar.

Shu bois mutasaddilarga ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlashni moliyalashtirish bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Aholi talabidan kelib chiqib, ichki yo‘llarni ta’mirlash va yangilarini qurish ishlarini davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Теги :
Jamiyat