$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Yashil makon”da qo‘shib yozish holatlari eng ko‘p aysi hududlarda kuzatildi?

yashil makon

21-oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha qilingan ishlar natijasini muhokama qildi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov yig‘ilishda aytilgan ma’lumotlarni e’lon qildi.

2030-yilgacha 30 foiz yashillik

O‘zbekistonda har yili 200 million daraxt va buta ekib, yashillikni 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish reja qilingan. Keltirilishicha, 2020-yilda yashillik darajasi 8 foiz edi, hozir 12 foiz. Orolbo‘yida yashil qoplama 2 million gektardan oshdi.

2024-yil bahorda 138 million dona ko‘chat ekildi, yil boshidan 10 ming gektardan ziyod “yashil belbog‘”, 257 ta “vazirlik” va “hokimlik” bog‘lari yaratildi. “Mening bog‘im” loyihasi doirasida budjetdan 49 milliard so‘m berilib, mahallalarda 215 ta yangi bog‘ yaratilmoqda, deyiladi xabarda.

Hokimlar tushunib yetmayapti

Prezident yashillik darajasini oshirish bo‘yicha islohotlarni ko‘p hokimlar tushunib yetmayotganini aytdi. U bahor mavsumida 28 ta tuman daraxt ekishda rejani bajarmaganini tanqid qildi. Iqlim sharoitini hisobga olmasdan, suv yo‘q joylarga daraxt ekilgani uchun minglab tup daraxt ko‘karmagan, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Masalan, sug‘orish tizimi yo‘q joyga Toshkent shahrida 322 ming, Samarqandda 96 ming, Toshkent viloyatida 67 ming, Qoraqalpog‘istonda 61 ming, Buxoroda 24 ming, Navoiyda 15 ming ko‘chat ekilgan.

Hisobotga qo‘shib yozish eng ko‘p Buxoro, Toshkent, Andijon, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida qayd etilgan.

Nazorat kuchaytiriladi

Shu munosabat bilan Bosh prokuraturaga sohadagi nazoratni kuchaytirish topshirildi. Shavkat Mirziyoyev har bir hokim, vazir, tashkilotlarga qayerga, qancha ko‘chat ekish, egasi, joyi, suvi va mablag‘i bilan aniq belgilab berishni topshirdi. Mutasaddilar buning ijrosi bo‘yicha qat’iy so‘rov bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

Теги :
Jamiyat