$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Namanganda bank xodimi 2 nafar tanishi tomonidan yotoqxona derazasidan tashlab yuborildi

ambulance

Jabrlanuvchi yotoqxona ijarasida yashayotgan yigitlar bilan janjallashib qolgan.

Jabrlanuvchi oynagacha majburlab sudrab olib borilgan

Ma’lum bo‘lishicha, Namangan shahar Obihayot MFYda ijara asosida yashab kelayotgan 2002-yilda tug‘ilgan X. M. hamda uning tanishi N.L. ularning oldiga kelgan 2003-yilda tug‘ilgan bank kassiri M. A. bilan o‘zaro tortishib qolishgan.

Janjal natijasida ular M. A. ni qasddan o‘ldirish niyatida, xonadonning yotoqxona oynasi romiga majburlab chiqarib, uni ko‘p qavatli xonadonning 3-qavatidan pastga majburan surib, tashlab yuborgan. 

Shundan so‘ngra, ular yashirinish maqsadida Spark avtomashinasida voqea joyidan noma’lum tomonga qochib ketib yashiringan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.

“Jonlantirish”dagi bemor

M. A. ga voqea sodir bo‘lgan vaqtda xonadon hovlisida bo‘lgan fuqarolar tomonidan yordam ko‘rsatilib, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Namangan filialiga olib borilgan.

Shuningdek, shifokorlarning dastlabki ma’lumotnomasida, fuqaro M. A. dagi jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra "hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati" guruhiga kirishi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat yuzasidan JKning 25,97-moddasi 2-qismi "p" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.M. va N.L. JPKning 221-moddasi tartibida qo‘lga olingan.

Теги :
Jamiyat