$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Xitoy Markaziy Osiyodagi harbiy ta’sirini oshirmoqda

Baza

The Jamestown Foundation nashriga ko‘ra, Xitoy va Tojikiston Tojikiston hududida Xitoy harbiy bazasi qurilishi faktini rasman inkor etishda davom etmoqda, ammo Xitoy aslida ham bu mamlakatdagi harbiy ishtirokini sezilarli darajada oshirmoqda. 

Tan olinmagan harbiy bazalar 

Unda ma’lum qilinishicha, Xitoy Tojikistonda allaqachon harbiy obyektlarga ega. Taxminan o‘n yil oldin bu mamlakatda G‘arb koalitsiyasining Afg‘onistondagi harakatlarini kuzatuvchi Xitoy kuzatuvchi radiostansiyasi paydo bo‘lgandi. Bundan tashqari, Xitoyning Tojikistonning notinch hududi hisoblangan Tog‘li Badaxshon viloyatida yana bir inshooti bor edi. Rasmiy ravishda ikkala obyekt ham Tojikiston hukumati nazorati ostida, lekin aslida ular Xitoyga tegishli. 

Nima uchun tan olinmaydi?

Amalda barcha uchun aniq va tushunarli bo‘lgan holat rasmiylar tomonidan tan olinmay kelinadi Masalan, Pekin Tojikistondagi harbiy obyektlari mavjudligini tan olmaydi. Bunga yetarlicha sabablar mavjud. Birinchidan, bu Tojikiston elitasi va aholisining salbiy munosabatini keltirib chiqarish ehtimoli mavjud. Ikkinchidan, Markaziy Osiyoda tranzit va transport yo‘laklarini rivojlantirish rejalariga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan Xitoyga qarshi kayfiyatni qo‘zg‘atmaslik vaji. Uchinchidan, bu Rossiyaning mamlakatga nisbatan g‘azabini qo‘zg‘ash ehtimoli bor va G‘arb davlatlarining e’tiborini ularning harakatlariga jalb qilmaslik ham nazarda tutiladi. 

Amaldagi qurilishlar

Shuncha ehtimoliy xavf mavjudligiga qaramay, chin yurti qo‘shnilarimiz bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Xitoy Tojikiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga Xitoyning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish uchun PMClarni yubormoqda, zarurat tug‘ilganda qo‘shinlarni tezkorlik bilan olib o‘tish uchun Tojikiston chegarasi yaqinida 30 ta aerodrom qurmoqda va tojik harbiylari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar sonini ko‘paytirmoqda.