Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +18° kechasi +9°

Mustaqillik bayramida xavfsizlikni taʼminlash uchun qanday tayyorgarlik koʻrilmoqda?

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Mustaqillik bayrami tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun 30 696 nafar xodim jalb qilinadi.

2 daqiqa o‘qiladi

Mustaqillik bayramida xavfsizlikni taʼminlash uchun qanday tayyorgarlik koʻrilmoqda?

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Mustaqillik bayrami tadbirlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun 30 696 nafar xodim jalb qilinadi. 

Qaysi soha xodimlarijalb etiladi?

Ichki ishlar vazirligi JXD axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonovaga ko‘ra, tadbirlar davomida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun 16 832 nafar ichki ishlar organlari, 4677 nafar Milliy gvardiya, 1943 nafar Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va harbiy xizmatchilari hamda 7244 nafar jamoatchilik vakillari jalb etiladi.

Xizmat vositalari 

Xodimlarga xizmatda foydalanish uchun 3037 ta metallodetektor, 1587 ta avtotransport, 7881 ta aloqa vositalari va 267 bosh xizmat itlari ajratildi.

Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan obyektlarda 2107 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, shundan 452 tasi hududiy ichki ishlar organlariga integratsiya qilindi hamda onlayn nazorat o‘rnatildi. 

Bayram tadbirlari oʻtkaziladigan joylarda xavfsizlik 

Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylardan 150 metr uzoqlikda 396 ta avtoturargohlar tashkil etildi. Tadbir obyektlariga fuqarolarni olib borish uchun 440 ta transport ajratildi.

Bayram tadbirlari va xalq sayllari o‘tkaziladigan joylarda transport vositalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri kirib kelishini oldini olish maqsadida, temir panjara, beton to‘siq va taranlar o‘rnatiladi.

Zaruriy holatlarda esa, ayrim ko‘cha va yo‘llarda harakatning cheklanishi sababli, aylanma yo‘llar tashkil etiladi. Mazkur joylarga faqat xizmat ko‘rsatish transport vositalarining kirishiga ruxsat beriladi.