$
 12634.34
-18.98
 14821.34
-0.76
 162.37
0.48
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

“Xavfsiz yo‘l” milliy dasturi doirasida jamg‘arma faoliyati qayta tashkil qilinadi

Shavkat Mirziyoyev

📍 “Xavfsiz yo‘l” milliy dasturi doirasida “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi faoliyati qayta tashkil qilinib, Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.

– Har bir viloyatda jamg‘armaning alohida filiallari bo‘ladi.

💸 Jamg‘armaga tushadigan mablag‘lar:

– Bu yil jamg‘armaga barcha manbalar hisobidan 400 milliard so‘m tushishi prognoz qilingan.

Foto-video radarlar orqali byudjetga tushadigan jarimaning 25 foizi ham jamg‘arma va uning filiallariga yo‘naltiriladi.

🔧 Yo‘l infratuzilmasi va mas’uliyat:

YHXX tizimidagi yo‘l belgilari, svetofor o‘rnatish, yo‘l chiziqlarini chizishga mas’ul korxonalar ham viloyatga o‘tkaziladi.

– Jamg‘armaning faoliyati shaffof bo‘lib, unga viloyat YHXB va yo‘l boshqarmasi boshliqlari, shuningdek, jamoatchilik vakillari kiradi.

🚧 Jamg‘arma mablag‘lari qanday sarflanadi:

Jamg‘arma mablag‘lari birinchi galda avariya o‘choqlari bo‘lgan xavfli uchastkalarni tartibga solishga yo‘naltiriladi.

– Bunga yo‘lni ajratuvchi to‘siqlar, yo‘l belgilari, yoritgichlar o‘rnatish, piyoda yo‘laklari tashkil qilish, chorrahalarni raqamlashtirish kiradi.

📱 Elektron portal ishga tushiriladi:

Eng muammoli uchastkalarni aholi va jamoatchilik fikrini o‘rganish asosida aniqlash uchun aloqa qilish imkoniyatini beruvchi elektron portal ishga tushiriladi.

Tuman hokimlari va ichki ishlar rahbarlari portalga qayerga belgi, chiziq, piyoda yo‘lagi va svetofor kerakligi haqidagi ma’lumotni smeta bilan ochiq joylashtiradi.

Aholi ham ushbu ro‘yxatni to‘ldirishi, loyihalarga ovoz berishi mumkin bo‘ladi.

– Portalga qilingan ishlarning video va fotosuratlari qo‘yiladi, buni aholi baholaydi.

💼 Mablag‘larni taqsimlash:

Viloyat va tumanlarning imkoniyati bir xil emasligi sababli, jamg‘armaga mablag‘larni loyihalarni moliyalashtirish uchun viloyat va tumanlarga taqsimlash vakolati beriladi.

🏗️ Ichki yo‘llarni tartibga solish:

Viloyat va tuman hokimlari ichki yo‘llarni tartibga solish uchun mas’ul bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat
Avto