Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +18° kechasi +9°

So‘nggi ikki oyda 11 mlrd. so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlarining oldi olingan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning iyun—iyul oylarida jami 11 mlrd. so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

2 daqiqa o‘qiladi

So‘nggi ikki oyda 11 mlrd. so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlarining oldi olingan

Ushbu holatlarda g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalar bekor qilingan.

Manfaatlar to‘qnashuvi

Bunda xaridlar bo‘yicha manfaatlar to‘qnashuviga ham yo‘l qo‘yilgan:

O‘zyo‘lko‘prik klasterining Jizzax filiali davlat muassasasi — 2,9 mlrd. so‘mlik;  

Shahrisabz shahar 20-son bolalar musiqa va san’at maktabi — 885,9 mln. so‘mlik;

Namangan davlat o‘rmon xo‘jaligi — 605 mln. so‘mlik;  

Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi — 551,9 mln. so‘mlik;  

Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Qurilish ta’mirlash guruhi” DUK — 520 mln. so‘mlik;  

Termiz tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi — 500 mln. so‘mlik;  

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali — 407 mln. so‘mlik;  

Qumqo‘rg‘on tuman Obodonlashtirish boshqarmasi — 275,5 mln. so‘mlik;  

Sariosiyo tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi — 200 mln. so‘mlik;  

Respublika O‘lat karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi Qashqadaryo filiali — 190 mln. so‘mlik;  

Andijon ilmiy-tajriba stansiyasi davlat muassasasi — 169,1 mln. so‘mlik;  

Narpay tumani obodonlashtirish boshqarmasi — 82 mln. so‘mlik;  

Oltinsoy tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi — 76,5 mln. so‘mlik davlat xaridlarida.

Baholash jarayonidagi qonun buzilishlari

“Oqoltin don mahsulotlari” AJning 3 mlrd. so‘mlik, Toshkent viloyati Ohangaron shahar kasb-hunar maktabining 403 mln. so‘mlik davlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning talablariga zid ravishda baholash jarayonida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan. 

Bundan tashqari, Namangan kasb-hunarga o‘qitish markazining 269 mln so‘mlik davlat xaridida qonunchilik talablariga zid ravishda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etganligi aniqlandi. 

Oldi olingan qonunbuzarliklar

Agentlik taqdimnomalariga asosan xarid komissiyalarining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinishi ta’minlandi, shu tariqa qayd etilgan davlat xaridlari noqonuniy o‘tkazilishining oldi olingan.

Qayd etilgan qonunbuzilishi holatlariga oid to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.