Maskning “X”i boykot ortidan reklama beruvchilarni sudga berdi
Da'voga ko'ra, GARM a’zolari Twitter platformasi Ilon Mask tomonidan sotib olinganidan so‘ng “barcha pullik reklamalarni to‘xtatish” uchun til biriktirgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik milliarder Ilon Maskka tegishli X kompaniyasi ijtimoiy tarmoqni “noqonuniy boykot” qilgani uchun reklama beruvchilar uyushmasi va bir qator alohida kompaniyalarni sudga berdi. Bu haqda Financial Times asoslanib, Qalampir xabar berdi.
Da’vo kimga nisbatan qo‘zg‘atilgan?
X bosh ijrochi direktori Linda Yakkarinoning aytishicha, da’vo brendlar va reklama agentliklari koalitsiyasi bo‘lgan GARM va uning “Unilever” va CVS kabi a’zolariga qarshi qo‘zg‘atilgan.
“Biz ikki yil davomida tinchlikni saqlashga harakat qildik, ammo hozir urush boshlandi”, — dedi Ilon Mask sudga qilgan murojaatida.
“Barcha pullik reklamalarni to‘xtatish” uchun til biriktirilgan
Xabarda aytilishicha, X AQSh Vakillar palatasi sud qo‘mitasining iyun oyida e’lon qilingan hisobotidan keyin sudga murojaat qilgan. Murojaatda, asosan, GARM a’zolari Twitter platformasi Ilon Mask tomonidan sotib olinganidan so‘ng “barcha pullik reklamalarni to‘xtatish” uchun til biriktirgani da’vo qilingan. GARM asoschilaridan biri Rob Rakovitz esa bu da’volarni rad etgan.



