Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +19° kechasi +9°

Jaziramada qaysi hududlarda yashash imkonsiz?

Peryu universiteti olimlari bir necha yildan keyin jazirama tufayli qaysi hududlarda yashash imkonsiz bo‘lib qolishini o‘rganib chiqdi.

2 daqiqa o‘qiladi

Jaziramada qaysi hududlarda yashash imkonsiz?

Perdyu universiteti (AQSh) olimlari aniqlashlaricha, yana bir necha yildan so‘ng G‘arbiy Afrika, Janubiy Osiyo va AQShning O‘rta G‘arb mintaqalari iqlim o‘zgarishlari oqibatida inson hayoti uchun xavfli bo‘lib qoladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Yiliga 489 ming odam issiqlikdan o‘lmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, bugungi kunda issiqlik yiliga taxminan 489,000 odamning hayotdan ko‘z yumishiga olib keladi. Lekin haqiqiy talofat ko‘proq bo‘lishi mumkin, chunki issiqlik bilan bog‘liq o‘limlarni aniqlash juda qiyin.

O‘limlar yurak xurujlari yoki insultlar bilan bog‘lanishi mumkin, va ularning issiq to‘lqin davrida sodir bo‘lganini ko‘rsatadigan alohida ma’lumot yo‘q.

Yaqin kelajakdagi iqlim modeli

Tadqiqotchilar Yerdagi iqlim o‘zgarishlari va anomal jaziramalar ma’lumotlaridan foydalanib, yaqin kelajakdagi iqlim modelini yaratishdi. Natijalar xavotirli: insoniyat yaqin yillarda havoning salqinlashishiga umid qilmasa ham bo‘ladi. Kamiga tungi haroratlar yanada oshib, inson organizmini kunduzgi jaziramadan so‘ng tiklanish imkoniyatidan mahrum qiladi.

Eng himoyasiz hududlar qaysi?

Unga ko‘ra, G‘arbiy Afrika hamda Janubiy Osiyoning ayrim hududlari — eng himoyasizlar qatorida, chunki bu yerlarda aholi juda zich yashaydi va havoning salqinlashish imkoniyatlari cheklangan. AQShning ayrim qismlarida, jumladan, O‘rta G‘arbda hududiy nam issiqliklar yuzga keladi.

Qo‘shimcha qilinishicha, texnologiyalar yaxshi rivojlangan ilg‘or mamlakatlar jazirama oqibatlarini birozgina yengillashtira olishlari mumkin, xolos.