$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida vizasiz rejim yo‘lga qo‘yildi

vizasiz rejim

Iordaniyaga tashrif doirasida iqtisodiy, diplomatik va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazildi. Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish va strategik yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar

“Jordan Phosphate Mines Co” Boshqaruv kengashi raisi Mohammad Tneybat bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda iqtisodiy hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi. Mavjud salohiyat ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi ta’kidlandi. Iordaniya investitsiyalar vaziri Xeyri Amr bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa hukumatlararo komissiya tuzish, qo‘shma biznes forumlar tashkil etish va sarmoyaviy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Diplomatik aloqalarni mustahkamlash

Iordaniya bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo‘yicha vaziri Ayman Safadi bilan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga yangi dinamikani olib kirish muhokama qilindi. Iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turizm oqimini oshirish va xalqlar o‘rtasidagi do‘stona rishtalarni yanada mustahkamlash tashrifning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida muhim kelishuvlarga erishildi. Ikki davlat munosabatlarini mustahkamlash uchun diplomatik pasport egalari uchun vizasiz kirish tartibini joriy etish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv imzolandi. Bundan tashqari, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma hamkorlik dasturi tasdiqlandi.

Ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik

Iordaniya oliy ta’lim vaziri Azmi Mahafza hamda yetakchi universitetlar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda kelajak avlodga sifatli bilim berish uzoq muddatli farovonlik uchun asosiy vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Talabalar almashinuvi, ilmiy konferensiyalar o‘tkazish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha yaqin hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Shuningdek, Iordaniya Vaqf, Islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad Ahmad Msallam Al-Xalaila bilan uchrashuvda ta’lim sohasida tajriba almashish, jahon tendensiyalarini o‘rganish va mavjud chaqiriqlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilindi.

Теги :
Iqtisodiyot