Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

Pokiston o‘zbekistonliklar uchun viza to‘lovlarini bekor qildi

Pokiston 126 davlat, jumladan O‘zbekiston uchun soddalashtirilgan viza rejimini joriy qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Pokiston o‘zbekistonliklar uchun viza to‘lovlarini bekor qildi

90 kunlik bepul viza olish uchun onlayn ariza to‘ldirish va 30 ta savolga javob berish kerak bo‘ladi. Bu haqda Tribune yozdi.

Bekor qilingan to‘lovlar

“Ushbu mamlakatlar fuqarolari uchun viza to‘lovi bekor qilindi va ariza berish jarayoni ancha soddalashtirildi”, dedi Pokiston axborot vaziri Atoullo Taror. Uning so‘zlariga ko‘ra, 90 kunlik bepul viza olish uchun onlayn ariza to‘ldirish va 30 ta savolga javob berish kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, u Fors ko‘rfazi mamlakatlari aholisi faqat pasport bilan kelganida, ya’ni onlayn ariza to‘ldirmasdan viza olishi mumkinligini aytdi.

Turizm

Turizm haqida gapirar ekan, vazir sayyohlar xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatdagi vazifa bo‘lib qolayotganini va Ichki ishlar vazirligi optimal sharoitlarni ta’minlash uchun viloyat ma’muriyatlari bilan hamkorlik qilayotganini ta’kidladi.

Vazir o‘z nutqini bu tashabbuslar mamlakatning tabiiy go‘zalligi va madaniy merosini namoyish etish orqali Pokistonning dunyoga eshiklarini ochishiga umid bildirdi.

24 soat ichida bepul viza

VisasNews ma’lumotlariga ko‘ra, onlayn ariza topshirgandan so‘ng 24 soat ichida Pokistonga sayohat qilish uchun bepul vizani olishi mumkin bo‘lgan 126 mamlakat ichida O‘zbekiston ham bor.