$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Yer yuzining chorak qismi ko‘rish qobiliyati muammolaridan aziyat chekadi

ko

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 2 milliarddan ortiq inson ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Biroq ulardan 1 milliard nafari jarrohlik amaliyotlari yordamida to‘liq davolanish imkoniyatiga ega.

Ko‘z mikroxirurgiyasi bo‘yicha yetakchi markaz

O‘zbekistonda ushbu murakkab muammolarni hal etishda Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yetakchi o‘rinda turadi, deb xabar bermoqda SSV axborot xizmati. Markaz direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Azamat Yusupovning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi yillarda ko‘plab yurtdoshlarimiz murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun xorijga borishga majbur bo‘lgan.

Ammo so‘nggi yillarda mamlakatimiz tibbiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar va ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish tufayli bunday operatsiyalar O‘zbekistonda ham muvaffaqiyatli bajarilmoqda.

Yutuqlar 

2023-yilda markazda 42 mingdan ortiq operatsiya o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan 22 mingdan ziyodi yuqori texnologik amaliyotlarni tashkil etgan. Shu jumladan, ilk bor quyidagi murakkab operatsiyalar amalga oshirilgan:

— To‘r parda kasalliklarida vitrektomiya va epirretinal membranani olib tashlash;

— Travmatik holatlarda DSAEK va vitrektomiya kombinirovka amaliyoti;

— IOL dislokatsiyasida Torik IOLni skleraga tikish.

Xorij tajribasi 

Markaz muvaffaqiyatlarida xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etdi. Misol uchun:

— AQShning “Lions Eye Institute” bilan birgalikda DSAEK va DMEK operatsiyalari;

— Shveytsariyaning “ELZA Institute AG” mutaxassislari bilan krosslinking usuli;

— Xitoy va Isroil shifokorlari ishtirokida shox parda transplantatsiyasi va glaukomaga qarshi operatsiyalar amalga oshirildi.

Shuningdek, markazning 8 nafar yosh mutaxassisi AQSh, Janubiy Koreya, Shveytsariya, Hindiston va Rossiya kabi davlatlarda malaka oshirdi.

2024-yilda markazda 8 ta yangi diagnostika va davolash usuli joriy etilib, bugungi kunda ularning umumiy soni 300 dan oshdi. Bu aholiga oftalmologiya yo‘nalishida har tomonlama sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga imkon bermoqda.

Теги :
Jamiyat
Salomatlik