$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Ko‘rshapalaklarda odamlarga yuqadigan yangi koronavirus turi aniqlandi

Ko‘rshapalak

South China Morning Post nashrining xabar berishicha, xitoylik virusologlar ko‘rshapalaklarning yangi koronavirusini aniqlashgan. Ushbu virus ham COVID-19 singari odamlarga yuqishi mumkin.

HKU5 koronavirusining yangi tarmog‘i

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi virus birinchi marta Gonkongda yapon ko‘rshapalagida aniqlangan HKU5 koronavirusining yangi tarmog‘i hisoblanadi. Xitoy fanlar akademiyasining Guanchjoudagi bo‘limi, Uxan universiteti va Uxan virusologiya instituti olimlari Guanchjoudagi laboratoriyada virusni chuqur o‘rganishdi. Ta’kidlanishicha, ko‘rshapalaklar namunalaridan olingan yangi virus inson hujayralarini zararlay oladi.

CoVID-19’ning tarqalishi

AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa mamlakatlardan bir guruh olimlar koronavirus tarqalishining manbayi Xitoyning Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozori ekanini aniqlagan. 2019-yilning kuzida bir necha sotuvchilar yenotsimon itlar, bambuk kalamushlar, malay jayralari, Amur tipratikanlari va Osiyo bo‘rsiqlari kabi tirik hayvonlarni noqonuniy ravishda sotgan. Yovvoyi hayvon sotuvchilarning aksariyati bozorning g‘arbiy qismida joylashgan, aynan shu yerda COVID-19 bilan kasallanishning eng dastlabki va ko‘p holatlari kuzatilgan. JSST virusning laboratoriya sharoitida emas, balki tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lganini ilgari surgan. Uxanda virusologiya instituti joylashgan bo‘lib, u yerda COVID-19 tarqalishidan oldin boshqa koronaviruslar o‘rganilgan. Shu sababli turli variantlar, jumladan, biomaterialning sizib chiqishi va Pekin tomonidan biologik qurol ishlab chiqarilishi kabi taxminlar ko‘rib chiqilgan.

Avvalroq Xitoyda o‘tkir respirator infeksiyalar, jumladan gripp, odam metapnevmovirusi va rinovirus faol tarqalayotgani ma’lum qilingan edi. O‘tgan yilning 23-29-dekabr kunlari butun mamlakat bo‘ylab shifoxonalardagi bemorlardan olingan nafas olish yo‘llari namunalari tahlili natijalariga ko‘ra shunday xulosaga kelingan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, metapnevmovirus infeksiyasi, yuqori va pastki nafas yo‘llarining shikastlanishi bilan birga kechadi. Odatda burun oqishi, yo‘tal va isitma belgilari bilan o‘tkir respiratorli infeksiya shaklida paydo bo‘ladi. Metapnevmovirus bolalarda va immuniteti zaiflashgan insonlarda bronxitni keltirib chiqaradi.

Теги :
Jamiyat
Salomatlik