Toshkent metro bekatlaridagi yopiq vestibyullar ochilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida “Milliy bog‘” metro bekati ikkinchi vestibyulini ta’mirlash va qurilish ishlarining foto va videolari paydo bo‘ldi.
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida “Milliy bog‘” metro bekati ikkinchi vestibyulini ta’mirlash va qurilish ishlarining foto va videolari paydo bo‘ldi.
Faqat “Milliy bog‘”mi?
“Gazeta.uz” Toshkent metropoliteni matbuot xizmatiga tayanib ma’lum qilishicha, beshta bekat — “Milliy bog‘”, “Mashinasozlar”, “O‘zbekiston”, “G‘afur G‘ulom” va “Yunus Rajabiy” stansiyalarining ikkinchi vestibyulini ochish rejalashtirilmoqda.
Iyul oyi boshida metropoliten ikkinchi vestibyuli ishlamaydigan bekatlar 30−40 yil avval (2001-yilda ochilgan Yunus Rajabiydan tashqari) zarur ishlar tugallanmagan holda foydalanishga topshirilgani haqida xabar bergan edi. 2023-yilda metro qatnoviga bo‘lgan talab ortib borishini inobatga olgan holda, metropoliten ushbu chiqishlarni ochish tashabbusi bilan chiqqan. O‘zbekiston hukumati ishni bajarishga ruxsat bergan.
Tenderga qo‘yilgan loyihalar
Toshkent metropoliteni qoshidagi “Toshmetrotrans” loyiha instituti tomonidan barcha yopiq vestibyullarni ishga tushirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilib, davlat ekspertizasiga topshirilgan. So‘ng loyihalar pudratchini aniqlash uchun tenderga qo‘yilgan. Ish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va avgust oyidan boshlanishi ma’lum qilingandi.



